Jamiyat

Andijonda chuvalchang boquvchilar birlashmasi tuziladi

 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Yigʻilishda uyushma nizomi tasdiqlandi, kuzatuv kengashi va ijro organi rahbar va aʼzolari saylandi.
TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. Andijon viloyati Xonobod shahrida Oʻzbekiston soʻljon (chuvalchang) boquvchilar birlashmasini tuzish boʻyicha taʼsis yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
OʻzA xabariga koʻra, mamlakatda kaliforniya chuvalchanglarini boqish, bu orqali yer uchun eng foydali tabiiy oʻgʻit – gumus ishlab chiqarish oʻtgan asrning saksoninchi yillari oxirida Andijon viloyati Xonobod shahridagi “Doʻstlik” jamoa xoʻjaligida tadbirkor Rustamjon Usmonov tomonidan boshlangan.
Hozirda respublikaning turli hududlarida chuvalchang boqish bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlar boʻlsa-da, ular tarqoq hamda har kim oʻz bilganicha ish yuritib kelmoqda.
Qishloq xoʻjaligi rivojiga, hosildorlikni koʻtarishda muhim ahamiyat kasb etuvchi biogumus ishlab chiqarishni ilmiy asosda yoʻlga qoʻyish, chuvalchang boquvchilarni qoʻllab-quvvatlash, ularga uslubiy va amaliy yordamlar koʻrsatish maqsadida tadbirkor Rustamjon Usmonov tashabbusi bilan “Biogumus” Oʻzbekiston soʻljon (chuvalchang) boquvchilar birlashmasini tashkil etish boʻyicha oʻtkazilgan taʼsis yigʻilishida Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlarida chuvalchang boqish bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlar ishtirok etdi.
Maqsadimiz, chuvalchang boquvchilarga ilmiy, moliyaviy va amaliy yordam koʻrsatish. Ilmiy asosda toza va sof biogumus mahsuloti hamda biomassa yetishtirish orqali ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tabiiy sof qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirishga yordam berish. Qolaversa, biogumus mahsulotini eksport qilishni yoʻlga qoʻyishdir.
Rustamjon Usmonov
tadbirkor
Yigʻilishda chuvalchang boqish orqali biogumus tayyorlanishi, bu qishloq xoʻjaligi rivojida muhim ahamiyat kasb etishi, qolaversa, mazkur faoliyat katta daromad manbai ekanligi alohida taʼkidlandi.
Yigʻilishda uyushma nizomi tasdiqlandi, kuzatuv kengashi va ijro organi rahbar va aʼzolari saylandi, birlashmani tegishli tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha vazifalar belgilandi.
Yomgʻir chuvalchanglari yerniig meliorativ holatini, hosildorligini oshirishga ijobiy taʼsir koʻrsatishi qadimdan maʼlum. Chuvalchanglarning tuproq unumdorligini oshirishdagi rolini dastlab ingliz tabiatshunos olimi Gilbert Uayt aniqlagan va bu borada qator tadqiqotlar olib borgan.
XX asr oʻrtalariga kelib odamlar ulardan amalda foydalana boshlagan. Yomgʻir chuvalchanglarini sunʼiy koʻpaytirishga ixtisoslashgan dastlabki xoʻjaliklar Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda AQShda yuzaga kelgan. Biroq bu xoʻjaliklarda chuvalchanglar gumus uchun emas, balki baliq ovlash uchun xoʻrak sifatida koʻpaytirilar edi. Faqat oradan oʻn yil oʻtib, 50-yillarniig oʻrtasida AQShda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibida nitratlar miqdorining oshib ketishi muammosi yuzaga kelgan bir vaqtda olimlar biogumusni sunʼiy ishlab chiqarish xususida amaliy ishlarni boshlagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala