Madaniyat

“Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi “Nika” mukofotiga daʼvogarlik qiladi

© Press-slujba NA "Uzbekkino"Kadr iz filma "Dve tыsyachi pesen Faridы"
Kadr iz filma Dve tыsyachi pesen Faridы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
“Oʻzbekkino” MA buyurtmasiga binoan suratga olingan “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” badiiy filmi “Nika” kinomukofotiga daʼvogar boʻladi.
TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. Rejissyor Yolqin Toʻychiyev suratga olgan “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” badiiy filmi “Nika” kinomukofotining “Boltiqboʻyi va MDH mamlakatlarining eng yaxshi filmi” nominatsiyasi uchun daʼvogarlar roʻyxatiga kiritildi. Bu haqda “Oʻzbekkino” matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Mazkur nufuzli kinofestivalda Qozogʻistondan ikkita film, rejissyor Yernar Nurgaliyevning “Jonim, sen ishonmaysanmi?” ("Janыm, tы ne poverish"), Adiljan Yerjanovning “Sariq mushukcha” ("Jeltaya koshka"), Ozarbayjondan Xilal Baydarov Uzeyining “Oʻlimdan oʻlimgacha” ("Ot smerti do smerti"), Qirgʻizistondan rejissyor Artik Suyundikovning “Shambala” filmlari oʻrin olgan.
Pandemiya tufayli 2019 yilgi “Nika”ning tantanali taqdirlash marosimi 2021 yilning bahoriga koʻchirilgandi.
Kinomukofotning 2019 va 2020 yilgi tantanali taqdirlash marosimi bir vaqtda 2021 yilning aprelida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala