Isroil-O‘zbekiston: migrantlarni ishga joylashtirishga doir bitim tayyorlandi

© Sputnik / Vladimir Vyatkin / Mediabankka o‘tishFlag Izrailya
Flag Izrailya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda vazir N.Husanov, uning birinchi o‘rinbosari E.Muhitdinov va Isroilning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Zexavit Ben Hillel, bosh konsul Idan David va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekistonning mehnat bozoridagi mavjud vaziyat, tashqi mehnat migratsiyasi sohasida, xususan, migrantlar uchun kasb-hunar ta’limi va o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Ultraortodoksalnie yevrei v zashitnix maskax v parke v Tel-Aviva, Izrail - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2020
Isroil dunyoda birinchi bo‘lib takroriy karantinni joriy qildi
Isroilning migratsiya holati, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Isroil davlati Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan va Isroil davlati hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnatkash-migrantlarni tashkiliy asosda jalb qilish, ishga joylashtirish va ularning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi bitimni imzolash masalalari muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0