Kolumnistlar

Koronavirus va Rossiya bilan kurashda YEI laycha rolini oʻynamoqda

© AP Photo
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Yevropa dori vositalari agentligi (YEMA) raisi, Avstriya sogʻliqni saqlash masalalari agentligi raisi Krista Virtumer-Xoxe Vena tomonidan “Sputnik V” vaktsinasining favquloddda maʼqullash imkoniyatini “rus ruletkasi”ga qiyosladi.
Mavzu tasodifan yuzaga chiqqani yoʻq: Avstriya Rossiya preparatiga ochiqdan-ochiq qiziqish bildirayotganini namoyon etmoqda. Oʻtgan hafta Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi delegatsiyasining kantsler Sebastiyan Kurts bilan muzokaralari boʻlib oʻtdi. Mamlakat rahbariyati YEMA tomonidan dorining Yevropa bozoriga ruxsat berilishiga kutishini bildirgan boʻlsada, YEIning yana bilan nufuzli va boy mamlakati Moskva bilan vaktsina hamkorligiga tayyorligi kuzatuvchilar tomonidan ramziy maʼno sifatida qabul qilinmoqda.
Virtumer-Xoxening bayonotiga “Sputnika V” yaratuvchilari zudlik bilan munosabat bildirib, yevropalik amaldordan omma oldida uzr soʻrashni talab qildi.
YEMA rahbari nafaqat oʻzining rasmiyatchilik vakolatlari, balki shunchaki odob doirasidan tashqarib chiqib ketdi. Avvaliga u “Sputnika V” vaktsinasidan foydalanishni maʼqullagan 46 ta mamlakat milliy regulyatorining malakasiga shubha bildirib, kasbiy etikani qoʻpol buzdi. Bundan tashqari, YEMA hozirgacha biror bir boshqa preparat borasida bu ohangda fikr bildirishni oʻziga ep koʻrmagandi. Ravshanki, bunday pozitsiya kasbiy etikaga umuman ziddir. Agentlikning Rossiya vaktsinasi xususida uyalib oʻtirmagani esa uning oshkora siyosiy tarafkashligi va rus yarim odamchalarga nisbatan qabul qilingan qoidalarga rioya qilishni koʻrmasligini koʻrsatadi.
Qolaversa, Bryusselning emlash bilan bogʻliq muammolar koʻpayotganini inobatga olib, Virtumer-Xoxening xulqini tushunsa boʻladi. Sinchkovlik bilan oʻylangan va mafkuraga toʻliq mos keladigan Yevropa rejalari yoʻqqa chiqdi. Koʻzda tutilgan Rossiya va boshqa “notoʻgʻri” dorilarning brakka chiqarish oʻrniga YEMA sertifikatlash uchun “Sputnika V” ekspertizasini boshlashga majbur boʻlgandi. Ustiga ustak, vaktsinaning Germaniya boshchiligidagi nufuzli qoʻllab-quvvatlovchi guruhi bor.
V Kazaxstane nachalos proizvodstvo vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Dunyoda
Yevropa Ittifoqi “Sputnik V” vaktsinasi ekspertizasini boshladi
Ittifoqda emlash bilan bogʻliq vaziyat shunchalar murakkabki, Yevropa komissiyasi YEIga aʼzo mamlakatlarning Bryussel bilan shartnoma tuzmagan ishlab chiqaruvchilardan dorini mustaqil xarid qilish huquqini tan oldi.
OAV esa ochiqchasiga nafaqat “Yevropa qoq oʻrtasidagi Putinning propaganda muvaffaqiyati”, balki Yevropa strategiyasning barbod boʻlgani haqida ham yozmoqda. Germaniyaning “Die Welt” nashri mitti San-Marino davlati “Sputnik V”ni birinchi roʻyxatdan oʻtkazganlar qatorida boʻlib qolganini soʻzlab berdi. Pandemiyadan juda katta jabr koʻrgan mamlakat hukumati YEIning markaziy kanallari orqali vaktsina olishga urinishlarda Bryusselning barcha eshiklarini qoqib chiqqanini aytgan. Hammasi behuda ekan: “Shu bois biz Rossiya Federatsiyasiga murojaat qildik va shu tariqa “Sputnika V” yetkazib berilishiga ruxsat oldik”.
Bir necha hafta ilgari YEIda vaktsina eksportini bloklasha imkon beruvchi mexanizm joriy etilgandi, italyanlar bundan birinchi boʻlib foydalanganlardan boʻlishdi. “AstraZeneca” kompaniyasi Italiyaning Anani shahridagi korxonada ishlab chiqarilgan oʻzining 250 ming doza vaktsinasini Avstraliyaga joʻnatishni rejalashtirgandi.
Avstraliyada COVID-19 bilan bogʻliq vaziyat Yevropaga qaraganda ancha yaxshiroq: ham kasallanish darajasi past, ham mamlakatning 300 ming doza vaktsinasi bor va bu unga “AstraZeneca” texnologiyalari asosida bu oyda oʻzi ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyguncha bir amallab turishiga imkon beradi.
Shunday ekan Italiya hukumati ushbu partiyaning eksport soʻrovini rad etdi. Mamlakat bosh vaziri Mario Dragi esa YEIni vaktsina yetkazib berish boʻyicha oʻzining shartnoma majburiyatlarini bajarmayotgan kompaniyalarga nisbatan (“AstraZeneca” bu antireytingda yetakchi) yanada qattiqroq chora koʻrishga chaqirdi.
Bu bilan italyancha faollik bitmadi: ikki kun avval Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi va “Adienne Pharma&Biotech” kompaniyasi oʻrtasida Italiyada “Sputnika V”ni ishlab chiqarish toʻgʻrisida bitim imzolandi. Bu hujjat Yevropadagi bunga oʻxshashlardan birinchisi boʻldi.
Gruz s rossiyskoy vaktsinoy Sputnik V ot koronavirusnoy infektsii covid-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
Dunyoda
YEIning ikkinchi mamlakati “Sputnik V” vaktsinasidan foydalanishni maʼqulladi
Ammo Bryusselga YEI aʼzolarining “tashabbuskorligi” yanada kamroqday. Biznes ishning hozirgi holati va istiqbollarga oʻta umidsizlik bilan boqyapti. Yevropa iqtisodiyotining tiklanishi choʻzilmoqda, saqlanib qolinayotgan cheklovlar korxonalar ishini toʻxtatib qoʻymoqda, kapital ketmoqda, yana bir sayyohlik mavsumi xavf ostida. “Bloomberg” hisob-kitoblariga koʻra, YEI emlashning sust surʼatlaridan 50 dan 100 milliard yevroga yoʻqotishi mumkin.
Ajablanarli joyi yoʻq, ish bundan davom etaversa Yevroittifoqining oʻz safidagi intizomni mustahkamlashga hafsalasi boʻlmaydi. Va u panja ortidan uning aʼzolari pandemiyaga qarshi kurashda mafkuraviy faqat qogʻozda bitilgan va nuqsonsiz strategiyaga binoan esa, balki voqelikka qarab faol ish tutishiga qarashga majbur.
Majburan va yoʻl-yoʻlakay qoida va harakatlar dasturini oʻzgartiradigan Yevropa amaldorlarining Virtumer-Xoxening “Sputnike V” va “rus ruletkasi” haqidagi bayonotlari singari kichik “chaqishlari”dan oʻzga choralari qolmayapti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala