Qoraqalpog‘istonda qurilish, farmatsevtika va to‘qimachilik rivojlantiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s proyektami v Karakalpakstane
Prezident oznakomilsya s proyektami v Karakalpakstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘istonda qurilish, to‘qimachilik va farmatsevtika sohalarida qator loyihalar amalga oshiriladi.
TOShKENT, 10 mar - Sputnik. Qoraqalpog‘istonda oyna va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hamda to‘qimachilik sanoati rivojlantiriladi. Bu haqida prezident huzurida bo‘lib o‘tgan loyihalar taqdimotida xabar qilindi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Mo‘ynoq tumanida keramika va qamish plitalar, to‘rtko‘l tumanida oyna ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Ellik-kala, Karakalpakstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2020
Qoraqalpog‘iston qiyofasi o‘zgaradi: yangi uch yillik dastur ishga tushirilmoqda
Undan tashqari to‘qimachilik sohasida 40ta korxona tashkillashtirish rejalashtirilgan.
Qoraqalpog‘istonda shuningdek 16ta istiqbolli farmatsevtika loyihalari amalga oshirilishi mumkinligi ham aytib o‘tildi.
Ular orasida - artemiya sistasini qayta ishlash bo‘yicha loyiha. Qisqichbaqasimonlar oilasiga mansub ushbu mitti jonzotdan tayyorlanadigan mahsulotlar tibbiyot, farmatsevtika, kosmetologiya, qishloq xo‘jaligi kabi ko‘plab sohalarda foydalaniladi. Ushbu korxonaga 30 million dollar sarmoya kiritish rejalashtirilgan.
Qizilmiya dorivor o‘simligini qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha 13ta loyiha mavjud. Ushbu loyihalar evaziga qizilmiya eksportini 29 milliondan 62 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Qoraqalpog‘istonda amalga oshirish rejalashtirilayotgan barcha loyihalar bilan quyida batafsil tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0