Dunyoda

Rossiya elchi Andrey Karlov qotillariga chiqarilgan hukmdan qoniqdi

 / Fotobankka oʻtishUbiystvo rossiyskogo posla v Turtsii Andreya Karlova
Ubiystvo rossiyskogo posla v Turtsii Andreya Karlova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Rossiya elchi Andrey Karlov qotilligi buyurtmachilari va tashkilotchilari haqida batafil maʼlumot olishni istaydi.

TOSHKENT, 10 mar - Sputnik. Rossiya Turkiya sudi elchi Karlov qotillariga chiqargan hukmdan qoniqdi. Bu haqida Rossiya TIV xabar qilmoqda.
"Moskva Turkiya sudi elchi Andrey Karlov qotillariga chiqargan hukmdan qoniqdi. Rossiya ushbu qotillikning buyurtmachilari va tashkilotchilari haqida toʻliq maʼlumot olishga umid qiladi", - deyilgan TIV xabarida.
Biroz oldin Anqara sudi 2016 yilda Rossiya elchisiga suiqasd tashkilotchilari va ijrochilariga hukm chiqargan edi.
Xususan, besh nafar ayblanuvchilar bir umrlik qamoq jazosiga, toʻqqiz nafari 15 yilgacha qamoq jazosiga mahkum etilgan. Yana besh kishining aybi tasdiqlanmagani tufayli ozodlikka chiqarilgan edi.
Andrey Karlov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.12.2016
Hodisalar
Anqarada Rossiya elchisi oʻldirildi
Eslatib oʻtamiz, 2016 yil 19 dekabrda Anqaradagi badiiy koʻrgazma ochilishi marosimida turk politsiyachisi Mevlyut Mert Altintash Rossiya elchisi Andrey Karlovni otib oʻldirgan edi.
Turkiya prokuratura oʻtkazgan tergovlar davomida ushbu qotillik, terrorchi tashkilot maqomi berilgan, AQShda yashayotgan turkiyalik muxolifatchi Fathulloh Gyulenning FETO* tashkiloti tomonidan uyushtirilgani aniqlangan. Qotillik ijrochilari FETO* vakillari bilan Kiprdagi mehmonxonada uchrashib ulardan yoʻriqnoma olgani aniqlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala