Dunyoda

Sovet raketasi Gʻarbni yana bir bor hayratga soldi - video

© Press-slujba Minoboronы RF / Fotobankka oʻtishNoveyshiy korvet "Gremyaщiy" na ispыtaniyax v Baltiyskom more
Noveyshiy korvet Gremyaщiy na ispыtaniyax v Baltiyskom more - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Sovet yadroviy raketasining konussimon uch qismi havoga koʻtarilish oldidan "oʻsib chiqish" xususiyatga ega boʻlgan.
TOSHKENT, 10 mar - Sputnik. Internet tarmogʻida sovet yadroviy raketasining gʻaroyib videosi paydo boʻldi.
Unda MBR RT-23 UTTX rusumli sovet yadroviy raketasi aks etgan. Ushbu raketaning konussimon uch qismi havoga koʻtarilish oldidan katta bosim ostida "oʻsib chiqish" xususiyatga ega boʻlgan.
Bunday yondashuv sovet konstruktorlariga raketani temir yoʻl vagonida yashirin joylashtirish imkonini bergan. Keyinchalik texnologiyalar rivojlanishi natijasida raketa yanada ixchamlashtirilgan va uning "oʻsib chiqish" qobiliyatiga ehtiyoj qolmagan.
NATO klassifikatsiyasi boʻyicha ushbu raketa SS-24 Scalpel deb ataladi. The Drive nashri yozishiga koʻra, sovuq urush davrida Sovet Ittifoqi temir yoʻl vagonlarida yashirish joylashtirish mumkin boʻlgan raketa yaratgan yagona davlat boʻlgan.
Qoʻshimcha tariqasida shuni aytish mumkin-ki, Sovet Ittifoqida statsionar raketa shaxtalari joylashgan joy bir kun kelib dushmanga aniq boʻlishi mumkin deb hisoblashgan. Shuning uchun avtomobil, poyezd va dengiz konteynerlariga yashirin tarzda joylashtirilishi mumkin boʻlgan mobil bazali strategik ballistik raketalar yaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala