Surxondaryoda yoqtirgan qizini olib qochgan yigit qo‘lga olindi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishDevushka vo vremya dojdya
Devushka vo vremya dojdya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Obuna bo‘lish
Denov tumanidagi mahallalardan birida 28 yoshli Abdullo o‘zining "Spark" mashinasida qizning oldiga kelib to‘xtab, ikki sherigi yordamida uni majburlab avtomashinaga o‘tirg‘izgan va olib qochgan.
TOShKENT, 10 mar – Sputnik. Surxondaryoda qizni olib qochib, unga majburan uylanmoqchi bo‘lgan yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot-xizmati.
Voqea 2021-yil 4-mart kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida yuz bergan.
Tuman IIO FMB boshlig‘i nomiga 20 yoshli Sug‘diyona ismli qizdan ariza kelib tushgan. Unda aytilishicha, Denov tumanidagi mahallalardan birida tanishi 28 yoshli Abdullo R., o‘ziga tegishli "Spark" avtomashinasida qizning oldiga kelib to‘xtab, ikki nafar noma’lum shaxs bilan unga nisbatan kuch ishlatib, majburlab avtomashinasiga o‘tirg‘izgan.
Nasilie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2018
Toshkent viloyatida ayol kishini zo‘rlab, nomusiga tekkan erkak qo‘lga olindi
Ikki nafar sherigi yo‘lda tushib qolgach, yigit qizga "menga erga tegsang, uyinga olib borib qo‘yaman" deya shart qo‘ygan.
Qiz Abdullodan qochib ketish maqsadida, unga turmushga chiqishga rozilik bergan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 136-moddasi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ellik-kala, Karakalpakstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2020
Qoraqalpoq asirasi: Qonliko‘lda 24 yoshli ayol oila qurish maqsadida o‘g‘irlandi
Dastlabki tergov davomida, Abdullo Sug‘diyonani u erga tegib ketmasligi uchun olib qochgani, uning sheriklari 25 yoshli Zuxriddin S. hamda 18 yoshli Asliddin E. ekanliklari aniqlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1-yildan 3-yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0