Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Nazarov Azimjon Soatmurod o‘g‘li suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Nazarov Azimjon 1997-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini, 2000-yili AQSh Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tamomlagan.
U shu kunga qadar innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0