Tailand bosh vaziri noqulay savoldan so‘ng jurnalistlarga qarata antiseptik purkadi – video

SMI na press-konferensii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Obuna bo‘lish
Hodisa 9-mart kuni Bankokdagi Hukumat uyida bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumani vaqtida ro‘y bergan.
TOShKENT, 10 mar – Sputnik. Tailand bosh vaziri Prayut Chan-oxa mamlakat hukumatida yuz berishi kutilayotgan kadrlar almashinuvi haqidagi savolga javob bermaslik jurnalistlarga qarata antiseptik purkadi.
Jurnalistlar Prayutdan o‘tgan hafta uch nafar vazir yetti yil oldin yuz bergan noroziliklar tufayli qamoqqa olingach, vazirlar lavozimiga da’vogar bo‘lgan nomzodlar ro‘yxati haqida so‘rashganidan so‘ng u birdan g‘azablanib ketgan.
U brifingni to‘xtatib, dezinfeksiyalovchi vosita solingan shishachani olib, jurnalistlarga yaqinlashgan va antiseptikni ularga qarata purkagan. Shu bilan birga bu ishni amalga oshirayotib, o‘z yuzini niqob bilan to‘sib turgan.
Jurnalistlarni aerozol bilan “cho‘miltirgach”, Tailand bosh vaziri o‘z atrofida spreyni purkagan holda chiqishga qarab yo‘l olgan.
Yangiliklar lentasi
0