Vaksinatsiya, “muzlatgich zanjiri” va sertifikat - Yusupaliyev

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishOtkritie punktov vaksinatsii v torgovix sentrax Yekaterinburga
Otkritie punktov vaksinatsii v torgovix sentrax Yekaterinburga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Obuna bo‘lish
Bahodir Yusupaliyev aholini emlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev aholini emlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
“Bugungi kunda ikkita asosiy yo‘nalishda ishlar olib borilmoqda. Birinchi - emlash jarayoni tashkil etish, moddiy-texnika bazasi, kadrlar salohiyati, “muzlatgich zanjiri”ni hosil qilish va ikkinchi yo‘nalish - vaksinalarni xarid qilish masalasi”, - dedi Yusupaliyev.
Sog‘liqni saqlash vazirligi, hukumat va sanitariya-epidemiologiya tizimi tomonidan har bir poliklinikada, shifokorlik punktida 3168 ta emlash punklari tashkil etildi, shuningdek, uyda yotib qolgan kishilarni emlash maqsadida 860 tadan ziyod mobil-brigadalar tashkil etildi. Aholini emlash jarayonini tashkil etish uchun “muzlatgich zanjiri”ni hosil qilish uchun 17 ta avtorefrijerator, 206 ta miniven mashinasi xarid qilindi va joylarga yetkazildi.
Shpris, xavfsiz qutilar ta’minoti yo‘nalishida - 6 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi va xarid jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Tibbiyot xodimlarni tayyorlash yo‘nalishida – 10 mingdan ortiq vaksinatorlar, patronaj xamshiralari, 33 mingdan ortiq shifokorlari emlash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Birinchi navbatda, emlanadigan aholi vakillarini elektron ro‘yxatga olish ishlari olib borilyapti. Yangi emlash.uz deb nomlangan sayt yaratildi. Vaksina olgan fuqarolar bu saytda ro‘yxatdan o‘tkazib boriladi. Ularga emlanganlik haqida tegishli sertifikat ham beriladi”, - dedi SSV vakili.
Yangiliklar lentasi
0