Dunyoda

“Tiriklayin yeyishdi”: AQSH atom suvosti kemasini kana bosdi

© Foto : Public domain / U.S. Navy illustrationIllyustratsiya buduщey amerikanskoy podlodki klassa Columbia
Illyustratsiya buduщey amerikanskoy podlodki klassa Columbia - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
AQSH atom suvosti kemasini kana bosdi. Sal kam bir yil davomida harbiylar “qonxoʻrlar” hujumidan aziyat chiqishdi.
TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Amerikaning USS Connecticut atom suvosti kemasini kana bosdi, deb xabar qildi Navy Times nashri.
Oʻtgan yil mart oyida, Shimoliy Muz okeanida oʻtkazilgan ICEX-2020 harbiy mashqlari paytida bortda kanalar paydo boʻldi. Shundan soʻng, ekipaj bir necha oy davomida "qonxoʻrlar"ni zaharlashga urinib koʻrdi.
"Kanalar odamlarni toʻshaklarida tiriklayin yeyishdi", - deydi suvosti kemasi starshinasi.
Harbiy dengizchilarning shikoyatlariga qaramay, rasmiy soʻrov nazorat idoralariga dekabr oyida yuborildi, dezinfektsiya faqat shu yil fevralida boshlandi. Harbiy boshliqlar dastlab "dalil yoʻqligi" sababli harbiylarning shikoyatlariga ishonishmadi.
Kana bosishi tufayli koʻplab dengizchilar stul va polda uxlashga toʻgʻri keldi, shu sababli “uyqusizlik va charchoqlik suvosti kemasining jangovar qobiliyatiga taʼsir qildi".
Hozir suvosti kemasi maxsus moddalar bilan ishlov berildi, ammo dengizchilar kana yana qaytib kelishi mumkinligidan qoʻrqishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala