Dunyoda

AQShda Rossiyaning “eng zoʻr” samolyotlari maʼlum qilindi

© Sputnik / Andrey Katayev / Fotobankka oʻtishMnogofunktsionalnыe istrebiteli pyatogo pokoleniya Su-57
Mnogofunktsionalnыe istrebiteli pyatogo pokoleniya Su-57 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Popular Mechanics jurnali "eng zoʻr" samolyotlar roʻyxatini tuzdi. Unga Rossiyaning uchta samolyoti kiritildi.
TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Amerikaning Popular Mechanics jurnali ekspertlari soʻnggi 40 yil ichida "eng zoʻr" samolyotlar roʻyxatini tuzishdi, unga uchta Rossiya samolyoti ham kiritildi.
Jurnalistlar birinchi parvoz amalga oshirilgan yil kesimida samolyotlar roʻyxatini tuzishdi. 1998 yilda oʻrmon yongʻinlarini oʻchirishda ishtirok etgan Be-200 "Altair" samolyoti koʻrsatildi. Samolyot yonayotgan joyga 12 tonna suv olib borishi, soʻng koʻlga yoki dengizga qoʻnishi mumkin. Samolyot 14 soniya ichida yana bir yuk bilan uchib chiqishi mumikn. Be-200 yoʻlovchilarni tashish uchun ham ishlatilishi mumkin yoki shoshilinch yordam aviatsiyasi sifatida ham foydalanish mumkin.
Samolyot An 124-100 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Dunyoda
“Ruslan”: Rossiya "avia-gigant"ni ishlab chiqarishni qayta tiklamoqda
2000 yilda eng yorqin samolyot sifatida - MiG-1.44 MFI samolyoti belgilandi. Popular Mechanics Rossiyaning beshinchi avlod Su-57 qiruvchisi "2010 yil eng yaxshi samolyoti" deb topdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala