Jamiyat

Chet ellik talabalar uchun konsullik yigʻimi miqdori kamaytiriladi

© Natsionalnoye informatsionnoye agentstvo UzbekistanaStudentы v obrazovatelnom tsente v Termezeskom rayone po obucheniyu afganskix grajdan pri Ministerstve vыsshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan.
Studentы v obrazovatelnom tsente v Termezeskom rayone po obucheniyu afganskix grajdan pri Ministerstve vыsshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Oʻzbekistonda taʼlim olish uchun keladigan chet el fuqarolaridan undiriladigan konsullik yigʻimi miqdorini kamaytiriladi.
TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik yigʻimlari tarifiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi prezident farmoni loyihasini tayyorladi.
Farmon loyihasida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga xorijiy mamlakatlardan oʻqishga keladigan chet el fuqarolaridan bir yillik koʻp martalik viza uchun undiriladigan konsullik yigʻimi miqdorini 30% ga (175 AQSH dollari) kamaytirish nazarda tutilgan.
Afganskiye devushki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.11.2019
Afgʻonistonlik yana bir guruh yoshlar taʼlim olish uchun Oʻzbekistonga keldi
Hujjatda qayd etilishicha, farmon loyihasining qabul qilinishi Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olish uchun kelish istagida boʻlgan chet el fuqarolari oqimining oshishiga koʻmaklashadi.
TIVga koʻra, xorijiy davlatlarda koʻp martalik bir yillik kirish vizasini rasmiylashtirish uchun RF (240$), Qozogʻiston (200$), AQSH (160 $), Turkiya (150 $), Xitoy (90 $) konsullik yigʻimlari belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala