Dunyoda

Forbes AQShning Rossiya va Xitoy tanklarini yoʻq qilish rejasini ochiqladi

© Sputnik / Eugene Odinokov / Fotobankka oʻtishTank T-90 vo vremya ucheniy motostrelkovыx, tankovыx i artilleriyskix podrazdeleniy 20 otdelnoy motostrelkovoy brigadы 8 obщevoyskovoy armii na poligone "Prudboy" v Volgogradskoy oblasti
Tank T-90 vo vremya ucheniy motostrelkovыx, tankovыx i artilleriyskix podrazdeleniy 20 otdelnoy motostrelkovoy brigadы 8 obщevoyskovoy armii na poligone Prudboy v Volgogradskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Forbes Rossiya va Xitoy zarba beruvchi kuchlarini yoʻq qilishga qaratilgan Pentagonning Assault Breaker 2 loyihasi tafsilotlarini ochiqladi.
TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Forbes Rossiya va Xitoy zarba beruvchi kuchlarini yoʻq qilishga qaratilgan Pentagonning Assault Breaker 2 loyihasi tafsilotlarini ochiqladi.
Maqola muallifiga koʻra, loyiha juda keng koʻlamli va hozircha bu haqda maʼlumot kam. Biroq, bu AQShning bunday birinchi rejasi emas.
70-yillarda urush boshlagan taqdirda SSSR alyans mudofaasini bir zumda yoʻq qilib tashlashidan qoʻrqib, NATO Assault Breaker rejasini ishlab chiqdi. Rejada minglab sovet tanklari va jangovar texnikasi tezkorlik bilan yoʻq qilishni nazarda tutilgan, bu goʻyo hujumni toʻxtatib, NATO boʻlinmalarini safarbar qilish uchun vaqtni yutishga yordam beradi.
2015 yilda AQSH mudofaa vazirining oʻsha paytdagi oʻrinbosari Bob Uork aytganidek, "hujumni barbod qilish" rejasi samolyotlarni aniqlash va nishonga olish, katta maydonlar boʻyicha zarba berish, shuningdek tankga qarshi oʻzi nishonga oladigan ballistik raketalarni oʻz ichiga olgan.
Samolyot An 124-100 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Dunyoda
“Ruslan”: Rossiya "avia-gigant"ni ishlab chiqarishni qayta tiklamoqda
Aslida, reja aviatsiya va quruqlikdagi harakatlar qismidan iborat edi. Aviatsiya qismida yuqori aniqlikdagi oʻq-dorilar bilan jihozlangan yangi RLT bilan B-52 bombardimonchi samolyotlaridan foydalanish koʻzlangan. Quruqlikda AQSH razvedka samolyotlari tomonidan nishonga olingan AQSH Quruqlik kuchlari harakatlari nazarda tutilgan. Ushbu loyiha 1982 yilda namoyish qilingan, sinovlarda SSSR vakillari ishtirok etgan.
Forbes yozishicha, AQSH hozirda ham analog rejani istamoqda. Rejaga urush boʻlgan taqdirda Rossiya tanklari va Xitoy kemalarini yakson qilish boʻyicha harakatlar kiritilgan boʻlishi kerak.
Pentagon ilmiy kengashining 2017 yilgi dokladida taʼkidlanishicha, Assault Breaker 2 rejasi strategik muvaffaqiyatga erishish uchun zarur boʻlgan raqibning kuchlarini yakson qilish, AQSH va uning ittifoqchilari jangda oʻz qurollarni ishga solishi mumkin. Assault Breaker 2ning nishonlari - tanklar, havo hujumidan mudofaa tizimlari, kemalar, shtablar, omborlar va boshqalar qayd etilgan.
Hozir AQSH eski loyihaning elementlari - quruqlikdagi kuchlar raketalari, harakatlanayotgan obʼyektlarni nishonga olish uchun aviatsiya RLT va turli nishonga olish tizimlari qayd etilgan. Bu komponentlar yangilanib, yangi loyihaga qoʻshiladi, deb taxmin qilmoqda muallif.
Pervыy polet noveyshego bespilotnika Oxotnik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.02.2021
Kolumnistlar
Rus “ovchisi” - AQSH va Turkiya dronlari bilan solishtirilganda
Assault Breaker 2 tizimining yangi elementlariga RQ-180 yashirin razvedka dronlari, yangi zamonaviy jangovar boshqaruv tizimi (ABMS) dasturi va HHK va HDF uchun uzoq masofali qanotli raketalar kiritilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, yangi turdagi Golden Horde bombalari aytib oʻtilgan. Quruqlik kuchlari, oʻz navbatida, nishonga olish masofasi 1500 kilometrdan ortiq boʻlgan artilleriya qurilmasi ustida ishlamoqda.
Bu qurol tizimlarining barchasi yagona kompleks tarkibida qisqa vaqt ichida koʻplab tanklar va kemalarni yoʻq qilishi mumkin, bu esa hujumni barbod qilish maqsadiga - erishishga imkon beradi.
Shu bilan birga, Pentagon ilmiy kengashi loyihada jiddiy kamchiliklar mavjudligini tan oldi. Shunday qilib, Assault Breaker 2, garchi bu frontdan ancha ichkariga zarba berishni oʻz ichiga olsa-da, juda uzoq masofada emas. Bundan tashqari, tizim "juda qimmat" boʻlmasligi kerak.
Shu bilan birga, agar Assault Breaker 2 Rossiya va Xitoy armiyasiga qarshi samarali kurash vositasi boʻlib chiqsa ham, Moskva va Pekinda bu qarama-qarshilikni yengib oʻtishning oson yoʻli bor, deb tushuntirishdi Pentagonda. Buning uchun "shunchaki jiddiy zarar yetkazish uchun qoʻshimcha kuch va vositalarni jangga jalb qilish kerak”.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala