Jamiyat

Hind-oʻzbek harbiy boʻlinmalari ishtirokida taktik mashqlar boshlandi

 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Hind-oʻzbek harbiy boʻlinmalari ishtirokidagi “Doʻstlik – II” oʻquvlari boshlandi.
TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar 8 mart kuni hind-oʻzbek harbiy boʻlinmalari ishtirokida oʻtkaziladigan “Doʻstlik–II” oʻquvlarida ishtirok etish uchun Hindistonning Utaranchal shtati, Ranikxet provintsiyasi hududida joylashgan “Chaubatiya” oʻquv markaziga yetib kelishdi.
10 mart kuni ushbu oʻquv markazining madaniyat saroyida hamkorlikdagi oʻquvning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Tantanali tadbirni Hindiston Respublikasi piyoda qoʻshinlari korpusi qoʻmondoni general S.K Sharma kirish soʻzi bilan ochib berdi. General Sharma oʻz soʻzida 2019 yil Oʻzbekistonda oʻzbek-hind hamkorligida oʻtkazilgan “Doʻstlik–2019” taktik oʻquv mashgʻulotlari mamlakatlar oʻrtasidagi harbiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilganini, shuningdek terrorizmga qarshi kurashish va jangovar oʻquv operatsiyalarda ishtirok etish orqali ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash mazkur oʻquv mashgʻulotining asosiy maqsadi ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Oʻzbekiston delegatsiyasi nomidan soʻzga chiqqan polkovnik Azizbek Kamilov Oʻzbekiston va Hindiston davlatlari oʻrtasidagi munosabatlar tarixi haqida soʻz yuritib, hamkorlikda oʻtkazilayotgan mazkur oʻquvlar kelajakda harbiy hamkorlik masalalarini yangi bosqichga olib chiqishini bildirdi.
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Oʻquvning dastlabki koʻrgazmali mashgʻulotini Hindiston armiyasi kapitani Shishir Shukla oʻz mamlakati haqidagi maʼlumot bilan boshlab bergan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ofitseri polkovnik Dilmurod Yuldashev respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan natijalar haqidagi chiqishi bilan davom ettirdi. Mashgʻulot yakunida ikki davlat harbiy xizmatchilari esdalik uchun suratga tushdilar.
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala