Italiya, Norvegiya va Daniya AstraZeneca vaksinasi bilan emlashni to‘xtatdi

© AFP 2023
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2021
Obuna bo‘lish
Tromblar paydo bo‘lishi va o‘lim holatlari qayd etilgani tuyfayli Norvgeiya, Daniya, Italiya, Avstriya va Islandiyada AstraZeneca vaksinasi bilan emlash vaqtincha to‘xtatildi.
TOShKENT, 11 mar - Sputnik. Italiya hukumati Britaniya va Shvetsiyaning AstraZeneca kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksina bilan ommaviy emlashni to‘xtatdi.

"AstraZeneca kompaniyasi vaksinasini qo‘llashdan so‘ng kelib chiqqan jiddiy oqibatlar tufayli, ehtiyotkorlik chorasi sifatida, biz ushbu partiya (ABV2856) vaksinalarini qo‘llashni to‘xtatdik", - deyilgan Italiyaning dori-darmonlar bo‘yicha agentligi (Aifa) rasmiy xabarida.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, hozircha vaksina kiritish va undan so‘ng kelib chiqqan salbiy oqibatlar orasida aloqa o‘rnatilmagan. Tekshiruvlar davom etmoqda.
Bugun 11-mart kuni, bir necha soat oldin Daniya va Norvegiya ham AstraZenecaning koronavirusga qarshi vaksinasini qo‘llashni to‘xtatgan edi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, Daniyada vaksina kiritilganidan so‘ng bir necha kishida tromb hosil bo‘lgan va o‘lim holatlari qayd etilgan.

"Daniyada AstraZeneca vaksinasi qo‘llanilgan kishilarda tromb hosil bo‘lgani haqidagi xabarlardan so‘ng Norvegiya ushbu preparat bilan vaksinatsiya qilishni to‘xtatishga qaror qildi", - deyilgan Norvegiya sog‘liqni saqlash instituti xabarida.

Yevropa dori vositalari agentligi (YeMA) xabariga ko‘ra, AstraZeneca vaksinasi va tromblar hosil bo‘lini orasidagi aloqa hozircha tekshirilmoqda.
Bir necha kun oldin YeMA AstraZeneca vaksinasining ma’lum partiyasida muammo aniqlangani sababli uni Avstriyada qo‘llashni vaqtincha to‘xtatgan edi.
TASS xabariga ko‘ra, ayni damda Islandiyada ham AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni to‘xtatgan.
Yangiliklar lentasi
0