Joriy yilda test sinovi topshiriladigan fanlar tasdiqlandi

© AFP / YURI KORSUNTSEVUzbekskie studenti sdayut vstupitelnie ekzameni pod otkritim nebom v Tashkente
Uzbekskie studenti sdayut vstupitelnie ekzameni pod otkritim nebom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2021
Obuna bo‘lish
Bu yilgi kirish imtihonlarida abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi. Maksimal ball – 280,5.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. 2021-2022-o‘quv yili uchun respublika OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Bu yilgi kirish imtihonlarida abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi. Maksimal ball – 280,5.
Test sinovlarida ishtirok etadigan barcha abituriyentlar uchun majburiy fanlar — ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa), matematika va O‘zbekiston tarixi — 15 tadan savollarni (jami 45 ta) o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularning har biriga 2,1 ball beriladi. Bitta fan bo‘yicha abituriyent maksimal 31,5 ball, majburiy fanlarning barcha bloki uchun 94,5 ball to‘plashi mumkin.
Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2020
O‘zbekistonda OTMga kirish imtihonlari yanada soddalashtiriladi
Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha test yana ikkita fan bo‘yicha o‘tkaziladi, ularning har birida 30 ta savol mavjud. Abituriyent har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball, maksimal bir fan bo‘yicha — 93 ball, fanlarning barcha bloki uchun — 186 ball olishi mumkin.
Fanlar majmuasi va baholash mezonlari bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0