Iqtisod

Oʻzbek-qirgʻiz hamkorligi: Toshkentdagi biznes-forumda nimalarga erishildi

© Xokimiyat Tashkentskoy oblastiFlagi Uzbekistana i Kыrgыzstana
Flagi Uzbekistana i Kыrgыzstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Qirgʻiziston prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi doirasida biznes-forum boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Toshkent shahrida Oʻzbekiston-Qirgʻiziston biznes-forumi va ikki mamlakat oʻrtasidagi Ishbilarmonlar kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Qirgʻiziston delegatsiyasiga bosh vazir oʻrinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Ulukbek Karmishakov, Oʻzbekiston delegatsiyasiga esa bosh vazir oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov rahbarlik qildi.
Unda soʻnggi yillarda Oʻzbekiston – Qirgʻiziston qoʻshma korxonalarining soni ikki baravar koʻpaygani, savdo aylanmasi besh barobar ortgani va pandemiyaning salbiy oqibatlariga qaramasdan 2020 yilda oʻzaro savdo hajmi 10 foizga oʻsgani taʼkidlandi.
Ikki mamlakat hukumatlarining muntazam va yaqin muloqotni oʻrnatishga tayyorligi bildirildi. Toʻgʻridan-toʻgʻri ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatish va qoʻshma loyihalarni muvaffaqiyatli joriy etishga har tomonlama koʻmaklashish orqali savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston korxonalari oʻrtasidagi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga sodiqlik bildirildi.
Prezident Kыrgыzstana Sadыr Japarov pribыl v Tashkent s gosudarstvennыm vizitom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Siyosat
Qirgʻiziston prezidenti Toshkentga keldi
Shu nuqtai nazardan, tomonlar ikki mamlakat xususiy biznes vakillari oʻrtasida uzoq muddatli munosabatlarni yoʻlga qoʻyish, oʻzbek-qirgʻiz ishbilarmonlari hamkorligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, qoʻshma loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va ilgari surish uchun ishonchli platforma sifatida Ishbilarmonlar kengashini tuzishni maʼqulladi.
Istiqbolli tarmoqlar – qishloq xoʻjaligi, mineral va organik oʻgʻitlar, qurilish materiallari ishlab chiqarish, toʻqimachilik va charm – poyabzal sanoati, ipakchilik tarmogʻi, turizm va logistika sohalarida hamkorlikni rivojlantirish salohiyati atroflicha ochib berildi.
Ishtirokchilar Oʻzbekiston va Qirgʻizstonda investitsiya va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish uchun u yoki bu sohada yaratilgan shart-sharoitlar bilan toʻliq tanishish, umumiy manfaatlar va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish va kelgusida birgalikda hayotga tatbiq etish uchun aniq loyihaviy takliflarni koʻrib chiqish imkoniga ega boʻldi.
Forum yakunlari boʻyicha oʻzbek va qirgʻiz tadbirkorlari oʻrtasida bir qator savdo shartnomalari hamda qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha bitimlar imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala