Siyosat

Oʻzbekiston Pokistonning dengiz portlaridan foydalanmoqchi

© Sputnik / StringerFlag Pakistana
Flag Pakistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Islomobodda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Abdulaziz Kamilov Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashdi.
TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Islomobodda Pokiston bosh vaziri Imron Xon Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovni qabul qildi.
Kamilov mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokiston bosh vaziriga yoʻllangan maktubini yetkazdi.
Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabariga koʻra, muzokaralar chogʻida ikki tomonlama kun tartibining muhim jihatlari, xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda Oʻzbekiston-Pokiston munosabatlarini yanada rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Mintaqaviy masalalarga, birinchi navbatda Afgʻoniston zaminida tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Na pastbiщe. Pandjsherskoye uщelye. Islamskaya Respublika Afganistan. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2021
Iqtisod
“Mozori Sharif — Qobul — Peshavor”  temir yoʻli qurish boʻyicha yoʻl xaritasi imzolandi
Shu nuqtai nazardan, Afgʻoniston iqtisodiyotini tiklashga yordam beradigan infratuzilma loyihalarini, jumladan, ular orasida eng muhimi Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temir yoʻlini amalga oshirish yuzasidan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida fikr almashildi.
Bu Pokistonning Karachi va Gvadar dengiz portlariga kirish imkonini beradi. Oʻz navbatida esa Oʻzbekiston bilan Pokiston hamda Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi oʻzaro savdo hajmini oshirishga imkon beradi.
Muloqot davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala