O‘zbekiston Pokistonning dengiz portlaridan foydalanmoqchi

© Sputnik / StringerFlag Pakistana
Flag Pakistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2021
Obuna bo‘lish
Islomobodda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Abdulaziz Kamilov Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashdi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Islomobodda Pokiston bosh vaziri Imron Xon O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovni qabul qildi.
Kamilov mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokiston bosh vaziriga yo‘llangan maktubini yetkazdi.
O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama kun tartibining muhim jihatlari, xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Pokiston munosabatlarini yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Mintaqaviy masalalarga, birinchi navbatda Afg‘oniston zaminida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Na pastbishe. Pandjsherskoe ushelye. Islamskaya Respublika Afganistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
“Mozori Sharif — Qobul — Peshavor”  temir yo‘li qurish bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolandi
Shu nuqtayi nazardan, Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklashga yordam beradigan infratuzilma loyihalarini, jumladan, ular orasida eng muhimi Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temir yo‘lini amalga oshirish yuzasidan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida fikr almashildi.
Bu Pokistonning Karachi va Gvadar dengiz portlariga kirish imkonini beradi. O‘z navbatida esa O‘zbekiston bilan Pokiston hamda Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmini oshirishga imkon beradi.
Muloqot davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0