Jamiyat

Oʻzbekistonda “Yil imomi” va “Eng obod masjid” aniqlandi

© Press-slujba Upravleniya musulman UzbekistanaRustamjon Xamidov priznan “Imamom goda-2020” v Uzbekistane
Rustamjon Xamidov priznan “Imamom goda-2020” v Uzbekistane    - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Andijon viloyatidagi “Oqqoʻrgʻon” jome masjidi imom-xatibi Rustamjon Hamidov 2020 yilda Oʻzbekistonning eng yaxshi imomi boʻldi.
TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi internet foydalanuvchilari bergan ovozlar asosida “Yil tanlovi – 2020” gʻoliblarini eʼlon qildi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi “Oqqoʻrgʻon” jome masjidi imom-xatibi Rustamjon Hamidov 2020 yilda Oʻzbekistonning eng yaxshi imomi deya eʼtirof etildi.
“Yil imomi” yoʻnalishida 2-oʻrin Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “Imom Termiziy” jome masjidi imom-xatibi Isxoqjon Begmatovga, 3-oʻrin esa Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “Qoʻchqor ota” jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon Soliyevga nasib etdi.
Budut rekonstruirovat mavzoley Imama Buxari - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.02.2021
Jamiyat
Imom Buxoriy majmuasida muhtasham masjid quriladi
“Eng obod masjid” yoʻnalishida Nukus shahridagi "Imom Eshon Muhammad" jome masjidi 1-oʻrinni egalladi. 2-oʻringa Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Oxun bobo”, 3-oʻringa Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Ramazon qori” jome masjidi loyiq koʻrildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala