Kolumnistlar

Pentagon Afgʻonistonni tark etmoqda – 193 milliard $ nimaga sarflandi?

AQSH, salkam 20 yillik "tinchlikparvar operatsiya"dan soʻng Afgʻonistonni fuqaro urushi arafasida tashlab chiqib ketmoqda.
Dunyoda yagona arbitr va yagona politsiyachi rolini oʻynashga qaror qilgan AQShning qoʻlidan nimalar kelishi soʻnggi 20 yil ichida Afgʻoniston misolida yaqqol koʻrindi.
Vashington uchun Afgʻoniston harbiy kampaniyasi oʻzoq muddatli, serxarajat, geosiyosiy kamsitishdan iborat boʻldi.
Pogranichniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2021
Afgʻoniston armiyasi shimolda oxirgi istehkomni tark etdi: MO mintaqasini nima kutmoqda
AQSH va uning ittifoqchilari Afgʻoniston hududida harbiy operatsiyalarni boshlaganiga yaqindi 20 yil boʻladi. Pentagon hisob-kitobi boʻyicha ushbu urushga AQSH byudjetidan 2001 yildan buyon 193 milliard dollar xarajat qilingan. Natija esa sharmandali boʻldi: AQSH oʻz qoʻshinlarini olib chiqishga va Afgʻonistondagi eng kuchli terrorchi tashkilot bilan sulh tuzishga majbur boʻldi. Xoʻsh, asl maqsad nima edi oʻzi?
Eslatib oʻtamiz, tolibon Afgʻonistonda 1996-2001 yillar davomida Afgʻonistonda yetakchilik qilgan. Endi boʻlsa vaziyat takrorlanmoqda shekilli.
AQSH va tolibon oʻtgan yilning 29 fevral kunida Doxa shahrida tinlik shartnomasini imzolashgan edi. Tolibon bilan kelishuvga koʻra AQSH mamalkatda oʻzaro rushuyotgan kuchlarni yarashtirib oʻz qoʻshinlarini olib chiqishi kerak edi. Ushbu shartnoma Afgʻoniston ichidagi kuchlar orasida tinchlik jarayonini boshlab yuborishi kerak edi, AIRda tinchlik hali ham oʻrnatilgani yoʻq. Qoʻzgʻolonchilarning hukumatga qarshi kurashi – bir kunga ham toʻxtagani yoʻq... Bunga hatto koronavirus pandemiyasi ham xalal bera olmadi. Pentagonda boʻlsa, yakuniy qaror borasida diskussiyalar toʻxtamayapti. U hali ham qabul qilingani yoʻq.
Vzrыvы na afgano-iranskoy granitse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.02.2021
Hodisalar
Afgʻoniston - Eron chegarasida 500ga yaqin avtomobil yonib ketdi 
AQShnpring Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad mart oyining boshida rasmiy Qobul va Tolibonga vaqtinchalik maʼmuriyat – Oliy islomiy kengash tashkil qilishni maslahat bergan edi. Delegatsiya tarkibiga 7 nafar tolibon va 7 nafar hukumat vakillari kirishi va nufuzli Kengash boshligʻi (jami 15 kishi) boʻlishi maʼlum qilingan edi.
Yangi siyosiy tizimi prezident Ashraf Gʻanining isteʼfosini talab qilsada, lekin amaldagi hukumatni saqlab qolishga qaratilgan. Shuningdek amaldagi qonunlarni shariat nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqishni nazarda tutgan. Doimiy hukumat keyinroq tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

Urushlardan keyingi Qobul

Lekin AQShning ushbu rejasi Qobulning keskin noroziligiga sabab boʻldi. Ashraf Gʻani uni “Xalilzodaning orzulari” deb atadi va afgʻon xalqi tinchlik istashini, lekin bu “mozordagi tinchlik” boʻlishi kerak emasligini qayd etdi. (Aslida ushbu reja Xalilzodaga emas AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenga tegishli edi.)
“Har qanday reja va strategiya Afgʻonistonning siyosiy tuzumi va Konstitutsiyasini himoya qilishi kerak, Asosiy qonun barbod boʻlishiga olib kelmasligi kerak”, - degan edi AIR vitse-prezidenti Moxammad Sarvar Danish.
Shundan soʻng Qobulda yana bir necha kuchli bayonotlar jarangladi. Bularning barchasida AQShning tinchlik rejasi mutlaq barbod boʻlganini xulosa qilish mumkin edi. Dumak qoʻshni respublikada urush davom etadi...
Afgʻonistonda 29 fevraldan keyin kuchga kirgan “tinchlik” jarayoni Pentagon va NATOning tolibon bilan oxirgi 20 yillik urushdan farq qilmaydi. Qobulda haligacha portlashlar yuz bermoqda. mart oyining boshida Afgʻon armiyasi mamlakat shimolidagi formpostini qoʻldan boy berdi. Tolibon Bagdis provintsiyasidagi Balamurgʻab shahri yaqinidagi harbiy bazani qoʻlga kiritishdi.
Abdulaziz Kamilov provel vstrechu s ministrom inostrannыx del Afganistana Xanifom Atmarom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.02.2021
Siyosat
Oʻzbekiston va Afgʻoniston TIV rahbarlari qator masalalarni muhokama qildi
Terrorchilar butun mamlakat boʻylab yirik shaharlarda avtomobillarni minalashtirishda davom etmoqda. Aksariyat teraktlar Qobul, Nangarxar, Qandagar, Uruzgan va Faryëb provintsiyaflarida amalga oshirilmoqda. Faqatgina fevralning 2 haftasida 168 kishi qurbon boʻldi va yana 172 kishi yaralandi. Doxada tinchlik muzokaralari boshi berk koʻchaga kirib qolganidan soʻng zoʻravonlik aktsiyalari soni keskin oshdi.
Tolibon Logar va Hirot provintsiyalarida hukumat kuchlarining xavfsizlik postlarini egallab olmoqda. Birz oldin esa Qandagʻar viloyatida Afgʻon milliy armiyasi qoʻl ostida boʻlgan 200ta blok-post jangarilar qoʻliga oʻtgan edi.
Tolibon bahorgi hujumlarga tayyorlanmoqda. Ular 11 viloyatda allaqachon oʻz gubernatorlarini tayinlashga ulgurgan (Xost, Nangarxar, Paktiya, Paktika, Kabul, Samangan, Kunduz, Taxar, Bamian, Lagman va Parvan). Shuningdek 12ta viloyatda harbiy komissiya va harbiy qismlar rahbarlarini tayinlashga ulgurishgan.
Afgʻonistonda yangi fuqaro urushi muqarrar boʻlib qolmoqda. Uning albatta tashqi siyosiy oqibatlari ham boʻladi. Shu oʻrinda Tolibon* bosh ofisi Qatarda joylashganiga eʼtibor berish kerak. Terrorchi guruh Pokiston va boshqa bir necha davlatlarda rasman faoliyat yuritadi. Shuningdek tolibon qoʻshni Markaziy Osiyo davlatlari uchun potentsial terror va harbiy xavf soluvchi kuchdir. Afgʻoniston maxsus xizmatlari xabariga koʻra, ushbu mamlakatda Tolibon bilan bogʻliq boʻlgan 10 mingga yaqin chet ellik jangarilar mavjud. Ular orasida Tojikiston fuqarolari ham bor. Tolibon Afgʻonistonda “muqaddas urush”ga tayyoralanayotgan bir vaqtda ID* tarafdorlarining ham faolligi oshmoqda. Ular MDH hududiga ekspansiya qilishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Fevral oxirida Qobulda ushbu hudud davlatlari maxsus xizmatlarining uchrashuvi boʻlib oʻtishi ham bejiz emas.

Rossiya taʼsiri

Afgʻoniston milliy yarashish Oliy kengashining rahbari Abdulla Abdulla va sobiq prezident Hamid Karzay 6 -7 mart kunlari Rossiyaning Qobuldagi elchisi Dmitriy Jirnov bilan muzokaralar oʻtkazishdi. Ular Moskva formatida taklif etilgan Rossiya tashabbuslarini muhokama qilishdi.
Politolog Dmitriy Verxoturov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.12.2020
Analitika
Verxoturov Afgʻoniston boʻyicha tinchlik muzokaralari nega toʻxtatilgani haqida
Biroz oldin Afgʻoniston TIVi Rossiyaning prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zamir Kabulovning Tolibon haqida aytgan soʻzlariga salbiy munosabat bildirgan edi. Zamir Qobulov Sputnik Afghanistan agentligiga Rossiya toliblarni “oʻz siyosiy va ideologik qarashlariga ega boʻlgan, afgʻon jamiyatining bir boʻlagi boʻlgan milliy harakat” deb qabul qilishini maʼlum qilgan edi.
Rasmiy nuqtai nazardan Rossiya Tolibonni terorchi tashkilot deb tan oladi. 2003 yilda Oliy sud Tolibonni terrorchi deb tan olgan va bugungi kunga qadar oʻz qarorini oʻzgartirgani yoʻq.
Shu bilan birga Zamir Kabulov tolibonning Afgʻoniston ustidan yagona hukumat oʻrnatishga talabini tan olmaydi. Afgʻonsiton fuqarolari boʻlajak davlatning siyosiy tuzilmasi haqida kompromissilar asosida oʻzaro kelishib olishlari kerak.
“Biz Tolibonga real harbiy-siyosiy kuch sifatida qaraymiz. Hozirgi kunda ular oʻz maqsadlariga asosan kuch ishlatish yoʻli bilan erishayotgan boʻlsada, biz kelajakda ularning siyosiy boshqaruvda ishtirok etishi tarafdormiz”, - degan edi Kabulov.
Bunday yondashuv naqadar asosli ekanini vaqt koʻrsatadi. Moskva afgʻonlararo muzokaralar “kengaytirilgan uchlik” doirasida, mamlakatdagi jarayonlarga eng koʻp taʼsir koʻrsata oladigan davlatlar Rossiya, AQSH, Xitoy, Pokiston va Eron ishtirokida boʻlib oʻtishi tarafdori.
Mart oyida afgʻonlararo tinchlik muzokaralari Turkiyada (14 mart) va Rossiyada (18 mart) boʻlib oʻtishi haqida dastlabki maʼlumotlar bor.
Bunday muzokaralarda ularning jugʻrofiy joylashuvi ham muhim ahamiyatga ega. Rossiya yangi tarixda eng murakkab mojarolarni hal qilishda tomonlarga idrokli yechimlar topishga yordam bergan edi.
*Tolibon – Rossiya va boshqa davlatlarda taʼqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala