Iqtisod

Qirgʻizistonning YEOIIdagi imtiyozlari Oʻzbekiston uchun qanday foydali boʻlishi mumkin?

© Sputnik / Fotobankka oʻtishFlagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze
Flagi stran-uchastnits YEAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Oʻzbekiston Qirgʻizistonning YEOII imtiyozlaridan foydalanib, uchinchi davlatlar bozorlariga birgalikda chiqishni moʻljallamoqda - Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining oʻrinbosari Sardor Umurzoqov.
TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Qirgʻizistonning YEOII imtiyozlaridan foydalanib, uchinchi davlatlar bozorlariga birgalikda chiqishni moʻljallamoqda, dedi Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov.
Payshanba kuni Toshkentda oʻzbek-qirgʻiz biznes forumi boʻlib oʻtmoqda. Tadbir Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning 11-12 mart kunlari Oʻzbekistonga tashrifi doirasida tashkil etildi.
"Biz hammamiz bilamizki, Qirgʻiziston - JST, YEOII aʼzosi. Qirgʻiziston tashqi bozorga chiqishning bir qator afzalliklariga ega. Biz ushbu bozorlarga birgalikda chiqish uchun kuchlarni birlashtirishimiz kerak", - dedi Umurzoqov oʻz nutqida.
Oʻzbekiston bosh vazir oʻrinbosari taʼkidlashicha, koronavirus pandemiyasi tufayli jahon savdosining pasayishi fonida ikki davlat oʻrtasidagi savdo aylanmasi, aksincha, oshdi.
"Hozir prezidentlar yangi ulkan vazifani qoʻymoqdalar. Biz savdo aylanmasini bir milliardga, ​​soʻngra ikki milliard dollarga yetkazishimiz kerak. Oʻylaymanki, bu amalga oshirish mumkin boʻlgan vazifa", - dedi Umurzoqov.
Qirgʻiziston bosh vazirining oʻrinbosari, moliya va iqtisodiyot vaziri Ulukbek Karmishakov oʻzbekistonlik tadbirkorlarga "Qirgʻizistonning YEOIIga aʼzoligidan foydalanib, uning ulkan bozorini birgalikda oʻzlashtirishni" taklif qildi.
"Men ustuvor yoʻnalishlar - tikuv sanoati, qishloq xoʻjaligini qayta ishlash, turizm, mashinasozlik va tibbiyotga investitsiya kiritish imkoniyatini koʻrib chiqishga chaqiraman, bu yerda Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda yetakchilardan biri hisoblanadi", - deb qoʻshimcha qildi Karmishakov.
Oʻzbekiston tomonining maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi savdo aylanmasi 2020 yil oxiriga kelib 10 foizga oʻsib, 903,1 million dollarga yetdi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda Qirgʻiziston kapitali ishtirokidagi 183ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda YEOII aʼzolari - Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston.
Kuzatuvchi-davlatlar - Oʻzbekiston, Moldova va Kuba.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala