Siyosat

Qirgʻiziston prezidenti Toshkentga keldi

© UzAPrezident Kыrgыzstana Sadыr Japarov pribыl v Tashkent s gosudarstvennыm vizitom
Prezident Kыrgыzstana Sadыr Japarov pribыl v Tashkent s gosudarstvennыm vizitom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Toshkent xalqaro aeroportida Sadir Japarovni Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Oʻzbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov bugun, 11 mart kuni davlat tashrifi bilan mamlakatga keldi.
OʻzA xabariga koʻra, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Taʼkidlanishicha, bugun Koʻksaroy qarorgohida ikki mamlakat yetakchilari Oʻzbekiston – Qirgʻiziston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarining barcha yoʻnalishlarini koʻrib chiqishi kutilmoqda.
Davlat rahbarlari uchrashuvi kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo, sanoat, transport, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish, parlamentlararo va hududlararo aloqalarni faollashtirish oʻrin olgan.
Prezident Kыrgыzstana Sadыr Japarov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Siyosat
Sadir Japarovning Oʻzbekistonga tashrifi tafsilotlari borasida maʼlumot berildi
Shuningdek, oliy darajadagi muzokaralarda madaniyat, sogʻliqni saqlash, taʼlim va turizm sohalarida qoʻshma dasturlarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Qirgʻiziston prezidentining mamlakatga tashrifi doirasida Toshkentda Oʻzbekiston – Qirgʻiziston biznes forumi va Ishbilarmonlar kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala