https://oz.sputniknews-uz.com/20210311/senatda-iz-bolani-barvat-turmushga-berishning-oldini-olish-masalasi-muokama-ilindi-17665959.html
Senatda qiz bolani barvaqt turmushga berishning oldini olish masalasi muhokama qilindi
Senatda qiz bolani barvaqt turmushga berishning oldini olish masalasi muhokama qilindi
TOSHKENT, 11 mar – Sputnik. Qiz bolani barvaqt turmushga berish va qarindosh-urugʻlar oʻrtasida nikoh qurilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar
2021-03-11T09:28+0500
2021-03-11T09:28+0500
2021-03-11T09:28+0500
jamiyat
oila
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/1269/05/12690583_20:0:982:541_1920x0_80_0_0_fadd7312fcee2d5341c9df8bc4ae765b.jpg
TOSHKENT, 11 mar – Sputnik. Qiz bolani barvaqt turmushga berish va qarindosh-urugʻlar oʻrtasida nikoh qurilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati axborot-xizmati.Xususan, qiz bolani barvaqt turmushga berish va qarindosh-urugʻlar oʻrtasida nikoh qurilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining axboroti eshitilgan.Taʼkidlanganidek, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, erta turmush va erta tugʻruq holatlari hamda oilaviy ajralishlarning oldini olish boʻyicha olib borilayotgan tadbirlarning samaradorligini baholash mexanizmi ishlab chiqilgan.Shu bilan birga, viloyatlar va tuman (shahar)larda Xotin-qizlar hamda Nuroniylar jamoatchilik kengashlari, qolaversa, har bir mahallada fuqarolar yigʻinining “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi”, “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi, “Keksalar maslahati” guruhlari va “Buvijonlar maktabi” kengashlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.Aholi va yoshlar oʻrtasida nikoh va oila huquqi, oila maʼnaviyati, oila maʼrifati, noqonuniy nikoh, erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikoxlarning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻibot qilingan.Shuningdek, majlisda bu borada amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlarga urgʻu berilgan. Mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.Eslatib oʻtamiz, 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan bayram tadbirida soʻzlagan nutqida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yili 28 mingdan ziyod oila ajralib ketganligini afsus bilan qayd etgan edi.Davlat rahbari yoshlarga murojaat qilib: "Turmush qurishga, oilaga, farzand taqdiriga nihoyatda chuqur masʼuliyat bilan qarang. Bu masalaga yuzaki yondashib, ham oʻzingiz, ham oʻzga bir inson hayotini xavf ostiga qoʻymang. Men bu borada koʻpni koʻrgan mahalla faollari, muhtaram faxriylarimiz, kayvonilar, maʼnaviyatimiz va dinimiz fidoyilari, oʻz tengdoshlariga ibrat boʻlib kelayotgan yoshlarimiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qiladilar, deb ishonaman", - deya taʼkidlagan edi.
https://oz.sputniknews-uz.com/20191226/Azhrimlar-soni-byicha-rinchli-raamlar-malum-ilindi-Buning-sababi-nima-13112673.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20210227/zbekistonda-nikoga-kirish-muddatini-uzaytirish-taklif-etilmoda-16089089.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/1269/05/12690583_140:0:861:541_1920x0_80_0_0_93da618dcd9bfdf275196ba873d212dc.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oila
Senatda qiz bolani barvaqt turmushga berishning oldini olish masalasi muhokama qilindi
Qiz bolani barvaqt turmushga berish va qarindosh-urugʻlar oʻrtasida nikoh qurilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining axboroti eshitildi
TOSHKENT, 11 mar – Sputnik. Qiz bolani barvaqt turmushga berish va qarindosh-urugʻlar oʻrtasida nikoh qurilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati axborot-xizmati.
Xususan, qiz bolani barvaqt turmushga berish va qarindosh-urugʻlar oʻrtasida nikoh qurilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining axboroti eshitilgan.
Taʼkidlanganidek, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, erta turmush va erta tugʻruq holatlari hamda oilaviy ajralishlarning oldini olish boʻyicha olib borilayotgan tadbirlarning samaradorligini baholash mexanizmi ishlab chiqilgan.
Shu bilan birga, viloyatlar va tuman (shahar)larda Xotin-qizlar hamda Nuroniylar jamoatchilik kengashlari, qolaversa, har bir mahallada fuqarolar yigʻinining “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi”, “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi, “Keksalar maslahati” guruhlari va “Buvijonlar maktabi” kengashlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Aholi va yoshlar oʻrtasida nikoh va oila huquqi, oila maʼnaviyati, oila maʼrifati, noqonuniy nikoh, erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikoxlarning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻibot qilingan.
Shuningdek, majlisda bu borada amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlarga urgʻu berilgan. Mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Eslatib oʻtamiz, 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan bayram tadbirida soʻzlagan nutqida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yili 28 mingdan ziyod oila ajralib ketganligini afsus bilan qayd etgan edi.
Davlat rahbari yoshlarga murojaat qilib: "Turmush qurishga, oilaga, farzand taqdiriga nihoyatda chuqur masʼuliyat bilan qarang. Bu masalaga yuzaki yondashib, ham oʻzingiz, ham oʻzga bir inson hayotini xavf ostiga qoʻymang. Men bu borada koʻpni koʻrgan mahalla faollari, muhtaram faxriylarimiz, kayvonilar, maʼnaviyatimiz va dinimiz fidoyilari, oʻz tengdoshlariga ibrat boʻlib kelayotgan yoshlarimiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qiladilar, deb ishonaman", - deya taʼkidlagan edi.