Avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazishning yangi tartibi ishga tushadi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishSotrudnik servisnogo sentra osushestvlyayet texnicheskiy osmotr transportnogo sredstva
Sotrudnik servisnogo sentra osushestvlyayet texnicheskiy osmotr transportnogo sredstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2021
Obuna bo‘lish
Yangi tartib: tijorat avtomobillari - bir yilda 2-marta, yangi avtombillar esa 2-yilda bir marotaba texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
TOShKENT, 11 mar – Sputnik. 2021 yilning 1-sentabridan avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazishning yangi tartibi joriy etiladi.
Bu haqida 9-mart kuni qabul qilingan “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarorida aytib o‘tilgan.
Qarorda aytilishiga ko‘ra, 1-sentabrdan transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi talonlar berish amaliyoti bekor qilinadi. Ushbu tartib faqat xorijiy davlatlarga chiqayotgan avtomobillar uchun saqlab qolinadi.
Ikkinchidan, transport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun quyidagi davriylik belgilanadi:
tijorat asosida yo‘lovchilar tashuvchi yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va o‘rindiqlar soni 8 ta va undan ortiq bo‘lgan (haydovchining o‘rnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transportlar va ularning tirkamalari – bir yilda ikki marta;
ishlab chiqarilganiga 6-yildan ko‘p bo‘lmagan transportlar – ikki yilda bir marta;
ishlab chiqarilganiga 6-yildan ortiq bo‘lgan, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniq bo‘lmagan transportlar – bir yilda bir marta;
tirkamalar texnik ko‘rikka transport vositasi – shatakchi uchun belgilangan muddatlarda;
navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazishning ilgari o‘rnatilgan muddatlaridan qat’i nazar, ularni DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) vaqtida.
Yangi transport vositalari DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda texnik ko‘rikdan o‘tkazilmaydi.
Undan tashqari, Hukumat qarorida aytilishiga ko‘ra, bundan buyon transport vositalarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalarida majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalanish tartibi joriy etiladi.
Ushbu mobil texnik nazorat liniyalari xususiy tadbirkorlarga tegishi bo‘lishi mumkin. Ular uchun 2021-yil 1-iyulga qadar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Texnik ko‘rik” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kirish imkoniyati yaratiladi.
Yangiliklar lentasi
0