TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Toshkent shahridagi SH.Rustaveli koʻchasida “Neksiya-3” va “Spark” rusumli avtomashinalar ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Favqulodda vaziyat vazirligi xabariga koʻra, YTH 10 mart kunidan 11 mart kuniga oʻtar kechasi roʻy bergan. Toʻqnashuvdan soʻng ikkala mashinada ham yongʻin kelib chiqqan. Taʼkidlanishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, haydovchilar oʻz vaqtida mashinadan chiqib ketishga muvaffaq boʻlishgan. Bir necha daqiqadan soʻng yongʻin sodir boʻlgan joyga Toshkent shahar FVBning yongʻin-qutqaruv guruhlari yetib kelgan. Yongʻin uch daqiqadan kamroq vaqt ichida bartaraf etilgan.
YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan, haydovchilar oʻz vaqtida mashinadan chiqib ketishga muvaffaq boʻlishgan.
TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Toshkent shahridagi SH.Rustaveli koʻchasida “Neksiya-3” va “Spark” rusumli avtomashinalar ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.
Favqulodda vaziyat vazirligi xabariga koʻra, YTH 10 mart kunidan 11 mart kuniga oʻtar kechasi roʻy bergan. Toʻqnashuvdan soʻng ikkala mashinada ham yongʻin kelib chiqqan.
Taʼkidlanishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, haydovchilar oʻz vaqtida mashinadan chiqib ketishga muvaffaq boʻlishgan.
Bir necha daqiqadan soʻng yongʻin sodir boʻlgan joyga Toshkent shahar FVBning yongʻin-qutqaruv guruhlari yetib kelgan. Yongʻin uch daqiqadan kamroq vaqt ichida bartaraf etilgan.