Toshkentda bir necha xonadonni o‘marishda gumonlanayotgan shaxs qidirilmoqda

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2021
Obuna bo‘lish
Qidirilayotgan shaxs 1993-yilda tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan Meliqo‘ziyev Javohir Jahongirovich.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Toshkent shahar IIBB Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumanlarida oltita o‘g‘irlik jinoyatini sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni qidirmoqda.
Ma’lum qilinishicha, qidirilayotgan shaxs 1993-yilda tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan Meliqo‘ziyev Javohir Jahongirovich.
© GUVD g. TashkentaGUVD raziskivayet podozrevayemogo v sovershenii serii kvartirnix kraj
GUVD raziskivayet podozrevayemogo v sovershenii serii kvartirnix kraj - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2021
GUVD raziskivayet podozrevayemogo v sovershenii serii kvartirnix kraj
Gumon qilinuvchi xonadonlarga eshik qulfini buzib kirib, tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagani, so‘ng ularni “Qo‘yliq” bozorida sotgani aytilmoqda.
Hurmatli Toshkent shahri aholisi va mehmonlari! Agarda siz J.Melikuziyev haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki unga o‘xshash shaxsni ko‘rsangiz, +998998487577 yoki +998977104994 raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz.
Toshkent shahar IIBB
Yangiliklar lentasi
0