Siyosat

Volodin Rossiya izchillik bilan dollarga tobelikdan chekinishini maʼlum qildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishDollar
Dollar  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Fevral oyi oxirida Rossiya milliy farovonlik jamgʻarmasi valyuta tuzilmasini oʻzgartirib, uning tarkibiga yapon yenasi va xitoy yuanini ham qoʻshgan
TOSHKENT, 11 mar – Sputnik. Rossiya sekin-asta dollarga tobelikni yengmoqda, dedi jurnalistlarga Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin.
"Masalan, YEOII doirasida milliy valyutalardagi hisob-kitoblarimiz 74%gacha oshdi. Xitoy va Turkiya bilan milliy valyutalarda savdo-sotiqni rejali asosda oshirib bormoqdamiz", - deb hikoya qildi u.
Slitki zolota - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2020
Analitika
AQShlik milliarderlar dollarlarni shoshilinch oltinga almashtirmoqda
Quyi palata spikeri fevral oyi oxirida Rossiya milliy farovonlik jamgʻarmasi valyuta tuzilmasini oʻzgartirib, uni tarkibiga yapon yenasi va xitoy yuanini ham qoʻshganini eslatib oʻtdi.
Shu bilan birga, Volodinning taʼkidlashicha, AQSH dollar iva yevro ulushi 45%dan 35%ga pasaygan, funt sterlinglar ulushi esa oʻn foiz darajasida qolgan.
Ilgariroq Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko RIA Novostiga bergan intervyusida amerika dollari Rossiyada muomalada qolajagini, ammo iqtisodning undan tobeligini pasaytirish kerakligi haqida gapirgan edi.
Kupyura yevro - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.02.2021
Analitika
Jonga tegdi: Yevropa Ittifoqi dollardan voz kechmoqda
Federatsiya kengashi spikeri oltin-valyuta rezervlari hozirda dollarga kamroq tobeligini eslatib, shu bilan birga boshqa sezilarli natijalar borligini qoʻshimcha qilgandi: soʻnggi oʻn yilda Moskvaning Qoʻshma Shtatlarning davlat majburiyatlariga kiritilgan mablagʻlari 30 barobarga qisqargan.
TIV rahbari oʻrinbosari Sergey Ryabkov Blumberg agentligiga bergan intervyusida Rossiya "ushbu doimiy dushmanona harakatlar zaharli manbaga tobelik"ka chek qoʻyib, har qanday turdagi operatsiyada dollar rolini qisqartirishi lozimligini taʼkidlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala