Jamiyat

Yangi tartib: 33 mingdan ortiq kvartira ipoteka kreditlari asosida beriladi

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishPervыy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve
Pervыy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
33 114 ta kvartira va yakka tartibdagi uy-joylar ipoteka kreditlari asosida beriladi
TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi doirasida koʻp kvartirali uy-joylar quriladi.
Farmon bilan 2021 yilda yangi tartib doirasida:
- respublika boʻyicha jami 33 114 ta kvartiralar va yakka tartibdagi uy-joylar;
- qishloq joylarda 8 336 ta kvartiradan iborat koʻp qavatli arzon uy-joylar;
- fuqarolarning alohida toifalari uchun 3 550 ta kvartiradan iborat koʻp qavatli uy-joylar quriladi.
Shuningdek, 2021 yil uchun uy-joylarning hisoblangan qiymati, bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka krediti va dastlabki badalning bir qismi uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiyalarning eng koʻp miqdori tasdiqlandi.
Jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruktsiya qilish uchun kreditlarni ajratish tartibi barcha hududlarda joriy etildi (ilgari Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida joriy etilgan edi).
Bunda:
kreditlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va har bir viloyatda 500 ta, jami 6 500 ta yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruktsiya qilish) uchun ajratiladi;
kreditlar ipoteka kreditining eng koʻp miqdorlaridan oshmaydigan va dastlabki badali yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruktsiya qilish) ishlari qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda, 6 oylik imtiyozli davr bilan 20 yil (yigirmanchi yilni ham qoʻshgan holda) muddatga ajratiladi;
daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki 5 yil mobaynida foiz stavkasining 10 foizlik punktdan oshgan qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratiladi;
subsidiyalar qurilgan (rekonstruktsiya qilingan) yakka tartibdagi uy-joyning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan oyning keyingi oyidan boshlab toʻlanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala