Dunyoda

YEIning koʻplab davlatlari AstraZeneca vaktsinasidan voz kechmoqda. BSST qanday fikrda?

© REUTERS / Stefan RousseauPremyer-ministr Velikobritanii Boris Djonson nablyudayet za vaktsinatsiyey vo vremya svoyego vizita v bolnitsu Chase Farm na severe Londona
Premyer-ministr Velikobritanii Boris Djonson nablyudayet za vaktsinatsiyey vo vremya svoyego vizita v bolnitsu Chase Farm na severe Londona - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.03.2021
Tashkilot nima yuz berayotgani borasida aniq tushuncha hosil boʻlgan taqdirdagina oʻz xulosalarini ommaga eʼlon qilishini bildirgan.
TOSHKENT, 12 mar - Sputnik. Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislari Yevropa ittifoqining ayrim mamlakatlari AstraZeneca vaktsinasidan foydalanishdan voz kechishgani haqidagi xabarlarni tahlil qilmoqda.
Bu haqda BSST vakili RIA Novostiga bergan intervyusida maʼlum qilgan.
Tashkilot, deya aniqlik kiritgan suhbatdosh, nima yuz berayotgani borasida aniq tushunchaga ega boʻlgach, oʻz xulosalarini ommaga eʼlon qiladi.
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Dunyoda
Italiya, Norvegiya va Daniya AstraZeneca vaktsinasi bilan emlashni toʻxtatdi

Emlash jarayonining toʻxtatilishi

Yevropaning kamida toʻqqizta mamlakati ayni vaqtda u yoki bu darajada AstraZeneca vaktsinasidan foydalanishni toʻxtatishgan.
Bunday qaror qabul qilinishiga preparatdan foydalangach yuzaga kelayotgan tromboz holatlari haqidagi xabarlar sabab boʻlgan.
Demonstratsiya diagnostiki dlya obnarujeniya koronavirusa tsentrom FMBA Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2020
Analitika
Gʻarb COVID-19 vaktsinasini ishlab chiqish poygasida yutqazmoqda
Preparatdan foydalanishni birinchilardan boʻlib Avstriya hukumati toʻxtatgan. Venadan keyin Daniya, Norvegiya va Islandiya ham shunday qaror qabul qilgan. Estoniya, Litva, Lyuksemburg, Kipr va Latviya AstraZeneca vaktsinasining muammoli partiyasidan foydalanishdan voz kechgan.
Italiya ham muzokarali bir partiyani man etgan.
AstraZeneca kompaniyasi preparat xavfsizligi haqida bayonotlar bilan chiqqan edi.
Shu bilan bir vaqtning oʻzida Yevropa Dorivor vositalar boʻyicha agentligi ayni vaqtda YEIda yuz bergan - AstraZeneca vaktsinasidan foydalangan bemorlarda tromboembolik muammolar yuz berayotgani haqidagi holatlarni oʻrganishda davom etayotganini maʼlum qilgan.
Rossiyskaya vaktsina Sputnik V v aeroportu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.03.2021
"Sputnik V" dunyodagi mashhur vaktsinalar reytingida ikkinchi oʻrinni egalladi
Ayni vaqtda Yevropa ittifoqi bozorida toʻrtta vaktsina roʻyxatdan oʻtkazilgan: Pfizer/BioNTech kompaniyalarining (600 million dozagacha xarid qilingan), Moderna (460 million dozadan ikkita shartnoma), AstraZeneca (400 million dozagacha) va Johnson&Johnson (400 million doza yana qoʻshimcha 200 million doza xarid qilish optsiyasi bilan).

"Xatarlar bor edi"

Rossiyalik shifokor va teleboshlovchi Aleksandr Myasnikov, ilgariroq, Britaniya-Shvetsiya kompaniyasi - AstraZeneca tomonidan ishlab chiqarilgan vaktsinadan soʻng yevropa fuqarolarida yuz berayotgan oʻlim holatlariga izoh bergan edi.
Shifokor oʻz fikrini NSN efirida bildirgan.
Uning soʻzlariga koʻra, emlash jarayonidan soʻng tromboz tufayli vafot etgan bemorlarda trombozlar paydo boʻlishi xatarlari boʻlgan.
V Moskve nachalas vaktsinatsiya ot COVID-19 dlya lyudey starshe 60 let - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2021
Dunyoda
Rossiya vaktsinasi Gʻarbni hayratga soldi - Welt
Shifokorning qayd etishicha, tromblar yuzaga kelishining oʻzi xatarli, ammo holat oʻlim bilan yakun topishi esa koʻlamlarga bogʻliq boʻladi.
Biror vaktsina 100 foiz xavfsiz boʻlmaydi, deb qoʻshimcha qilgan Myasnikov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala