YeIning ko‘plab davlatlari AstraZeneca vaksinasidan voz kechmoqda. BSST qanday fikrda?

© REUTERS / Stefan RousseauPremyer-ministr Velikobritanii Boris Djonson nablyudayet za vaksinatsiyey vo vremya svoyego vizita v bolnitsu Chase Farm na severe Londona
Premyer-ministr Velikobritanii Boris Djonson nablyudayet za vaksinatsiyey vo vremya svoyego vizita v bolnitsu Chase Farm na severe Londona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2021
Obuna bo‘lish
Tashkilot nima yuz berayotgani borasida aniq tushuncha hosil bo‘lgan taqdirdagina o‘z xulosalarini ommaga e’lon qilishini bildirgan.
TOShKENT, 12 mar - Sputnik. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari Yevropa ittifoqining ayrim mamlakatlari AstraZeneca vaksinasidan foydalanishdan voz kechishgani haqidagi xabarlarni tahlil qilmoqda.
Bu haqda BSST vakili RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Tashkilot, deya aniqlik kiritgan suhbatdosh, nima yuz berayotgani borasida aniq tushunchaga ega bo‘lgach, o‘z xulosalarini ommaga e’lon qiladi.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2021
Italiya, Norvegiya va Daniya AstraZeneca vaksinasi bilan emlashni to‘xtatdi

Emlash jarayonining to‘xtatilishi

Yevropaning kamida to‘qqizta mamlakati ayni vaqtda u yoki bu darajada AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni to‘xtatishgan.
Bunday qaror qabul qilinishiga preparatdan foydalangach yuzaga kelayotgan tromboz holatlari haqidagi xabarlar sabab bo‘lgan.
Demonstratsiya diagnostiki dlya obnarujeniya koronavirusa sentrom FMBA Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2020
G‘arb COVID-19 vaksinasini ishlab chiqish poygasida yutqazmoqda
Preparatdan foydalanishni birinchilardan bo‘lib Avstriya hukumati to‘xtatgan. Venadan keyin Daniya, Norvegiya va Islandiya ham shunday qaror qabul qilgan. Estoniya, Litva, Lyuksemburg, Kipr va Latviya AstraZeneca vaksinasining muammoli partiyasidan foydalanishdan voz kechgan.
Italiya ham muzokarali bir partiyani man etgan.
AstraZeneca kompaniyasi preparat xavfsizligi haqida bayonotlar bilan chiqqan edi.
Shu bilan bir vaqtning o‘zida Yevropa Dorivor vositalar bo‘yicha agentligi ayni vaqtda YeIda yuz bergan - AstraZeneca vaksinasidan foydalangan bemorlarda tromboembolik muammolar yuz berayotgani haqidagi holatlarni o‘rganishda davom etayotganini ma’lum qilgan.
Rossiyskaya vaksina Sputnik V v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2021
"Sputnik V" dunyodagi mashhur vaksinalar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi
Ayni vaqtda Yevropa ittifoqi bozorida to‘rtta vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan: Pfizer/BioNTech kompaniyalarining (600 million dozagacha xarid qilingan), Moderna (460 million dozadan ikkita shartnoma), AstraZeneca (400 million dozagacha) va Johnson&Johnson (400 million doza yana qo‘shimcha 200 million doza xarid qilish opsiyasi bilan).

"Xatarlar bor edi"

Rossiyalik shifokor va teleboshlovchi Aleksandr Masnikov, ilgariroq, Britaniya-Shvetsiya kompaniyasi - AstraZeneca tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinadan so‘ng yevropa fuqarolarida yuz berayotgan o‘lim holatlariga izoh bergan edi.
Shifokor o‘z fikrini NSN efirida bildirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, emlash jarayonidan so‘ng tromboz tufayli vafot etgan bemorlarda trombozlar paydo bo‘lishi xatarlari bo‘lgan.
V Moskve nachalas vaksinatsiya ot COVID-19 dlya lyudey starshe 60 let - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2021
Rossiya vaksinasi G‘arbni hayratga soldi - Welt
Shifokorning qayd etishicha, tromblar yuzaga kelishining o‘zi xatarli, ammo holat o‘lim bilan yakun topishi esa ko‘lamlarga bog‘liq bo‘ladi.
Biror vaksina 100 foiz xavfsiz bo‘lmaydi, deb qo‘shimcha qilgan Masnikov.
Yangiliklar lentasi
0