Kolumnistlar

Ekspert Japarovning Oʻzbekistonga tashrifi haqida: bu hozircha shunchaki kuzatuv

© Sputnik / Aleksandr Natruskin / Fotobankka oʻtishZaveduyuщiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin
Zaveduyuщiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.03.2021
MDHning Markaziy Osiyo instituti boʻlimi rahbari Andrey Grozin Sadir Japarovning Oʻzbekistonga tashrifi qanday maʼno kasb etishi haqida oʻz fikrlari bilan boʻlishdi
TOSHKENT, 12 mar - Sputnik. MDHning Markaziy Osiyo instituti boʻlimi rahbari Andrey Grozin Qirgʻizistonning yangi saylangan prezidenti Sadir Japarovning chet davlatlarga amalga oshirayotgan tashriflari zamirida qanday maqsad yotganiga sharh berdi.
Ekspert, Japarovning Rossiyaga, Qozogʻistonga va Oʻzbekistonga tashriflarini maʼlum maʼnoda "kuzatuv" marosimiga qiyoslamoqda.
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.03.2021
Siyosat
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida 22ta hujjat imzolandi
"Ammo qayd etish joizki, (Japarovning) Rossiyaga, Qozogʻistonga va Oʻzbekistonga tashriflari juda ham muvaffaqiyatli kechdi. Shuni aytish mumkinki, Qirgʻizistonda yuz bergan Hukumatning brutal almashinuvi va buni natijasida yuzaga kelgan xavflarga qaramay, endilikda Rossiya Federatsiyasi xuddi Qozogʻiston va Oʻzbekiston singari Qirgʻiziston bilan sheriklik munosabatlarini yangi va salmoqli asosda kengaytirishda davom etadi", - dedi ekspert.
Toshkent uchun Qirgʻiziston bilan aloqalarni mustahkamlashning mohiyati haqida toʻxtalar ekan, Grozin, Oʻzbekiston hukumati Qirgʻizistonning yangi rahbariyati bilan munosabatlarni yoʻlga qoʻyib olishi kerakligini qayd etdi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.11.2020
Dunyoda
Mirziyoyev Sadir Japarov bilan qoʻngʻiroqlashdi. Nima haqda gaplashishdi?
"Nega deganda, oʻtgan yilning oktyabr-noyabr oylarida Qirgʻizistonda yuz bergan Hukumat almashinuvi Qirgʻizistonning barcha sheriklarini kutilmagan "ramkalarga" solib qoʻydi. Shu bois, mamlakatning yangi prezidenti bilan tanishuv, muloqot, "soatlarni solishtirish" tabiiy zarurat edi.
Boshqa tomondan, Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun Qirgʻiziston bilan hamkorlikdan manfaatli tomonlar ham koʻp.
Prezident Kыrgыzstana Sadыr Japarov poluchil v podarok ot rossiyskogo lidera Vladimira Putina sablyu.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.02.2021
Dunyoda
Putin Qirgʻiziston prezidentiga ajoyib shamshir sovgʻa qildi – foto
"Qirgʻiziston - anchagina ahamiyatli va shu bilan birga qiziqarli bozor. Xuddi Tojikiston va Turkmaniston bozorlari singari. Oʻzbekiston Qirgʻizistonga oʻz oziq-ovqat, qishloq-xoʻjaligi mahsulotlarini, elektrotexnikalarini, "ekonom klass"dagi maishiy texnikalarini unga oʻtkazishi mumkin. Qirgʻiziston ham oʻz navbatida, Oʻzbekiston bozori va investitsiyaviy salohiyatidan foydalanishdan manfaatdor", - deya tushuntiradi ekspert.
Grozin Markaziy Osiyo davlatlari orasida koronavirus pandemiyasi vaqtida aynan Oʻzbekiston Qirgʻizistonga salmoqli moddiy yordam koʻrsatganligini alohida eʼtirof etdi.
.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala