TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Germaniyada “Sputnik V” Yevropada ishlab chiqarilgan doriga qaraganda, samaraliroq boʻlishi mumkin deb hisoblashmoqda. The Times xabariga asosan. "AstraZeneca vaktsinasi boʻlgani kabi, bu ham adenovirusga asoslangan vaktsina. Ammo AstraZeneca vaktsinasidan farqli oʻlaroq, unda birinchi va ikkinchi doza uchun ikki xil virusli vektordan foydalanadi", - deydi Germaniya hukumati huzuridagi emlash qoʻmitasi rahbari Tomas Mertens.U ikki xil virusli vektordan foydalanishni aqlli yechim deb atadi, chunki bu preparatning ikkinchi dozasini samarasiz boʻlish ehtimolini kamaytiradi."Bu yaxshi vaktsina, va men u Yevropa Ittifoqida qoʻllash uchun maʼqullanadi deb oʻylayman", - dedi ekspert Rheinische Postga bergan intervyusida.Mertnesga koʻra, rossiyalik olimlarning vaktsinalar yaratishda katta tajribaga ega.Fevral oyining boshida Lancet ilmiy jurnali “Sputnik V” vaktsinasi klinik sinovlarining 3-bosqich natijalarini eʼlon qildi. Unda vaktsina 91,6% samaradorligini namoyish etdi.
Germaniyada “Sputnik V” Yevropada ishlab chiqarilgan doriga qaraganda, samaraliroq boʻlishi mumkin deb hisoblashmoqda.
TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Germaniyada “Sputnik V” Yevropada ishlab chiqarilgan doriga qaraganda, samaraliroq boʻlishi mumkin deb hisoblashmoqda. The Times xabariga asosan.
"AstraZeneca vaktsinasi boʻlgani kabi, bu ham adenovirusga asoslangan vaktsina. Ammo AstraZeneca vaktsinasidan farqli oʻlaroq, unda birinchi va ikkinchi doza uchun ikki xil virusli vektordan foydalanadi", - deydi Germaniya hukumati huzuridagi emlash qoʻmitasi rahbari Tomas Mertens.
U ikki xil virusli vektordan foydalanishni aqlli yechim deb atadi, chunki bu preparatning ikkinchi dozasini samarasiz boʻlish ehtimolini kamaytiradi.
"Bu yaxshi vaktsina, va men u Yevropa Ittifoqida qoʻllash uchun maʼqullanadi deb oʻylayman", - dedi ekspert Rheinische Postga bergan intervyusida.
Mertnesga koʻra, rossiyalik olimlarning vaktsinalar yaratishda katta tajribaga ega.
Fevral oyining boshida Lancet ilmiy jurnali “Sputnik V” vaktsinasi klinik sinovlarining 3-bosqich natijalarini eʼlon qildi. Unda vaktsina 91,6% samaradorligini namoyish etdi.