Madaniyat

"Koʻchmanchilar yeri": nima uchun ushbu film bosh Oskar olishi muqarrar

© Cor Cordium ProductionsKadr iz filma "Zemlya kochevnikov"
Kadr iz filma Zemlya kochevnikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.03.2021
Road-muvi uslubiga suratga olingan ushbu kino, karantin cheklovlari bilan qamrab olingan 2021 yilda tomoshabinga avtomobil old oʻrindigʻiga oʻtrib butun Amerika boʻylab sayohat qilayotgan tuygʻu beradi.
TOSHKENT, 12 mar — Sputnik, Yegor Belikov. Rejisser Xloi Chjaoning bor-yoʻgʻi uchini toʻliq metrajli filmi boʻlgan "Koʻchmanchilar yeri" (Nomadland) kartinasi 2020 yilning sentyabr oyida boʻlib oʻtgan premyerasidan soʻng yoʻlida uchragan barcha sovrinlarni yutib kelmoqda.
U allaqachon "eng yaxshi dramatik film" va "eng yaxshi rejissura" kategoriyalarida 2ta "Oltin globus"ni qoʻlga kiritdi. Ayni damda amerika bukmekerlari bir ovozdan unga "Oskar"ni taqdim etmoqda.

Manzilsiz yoʻl

"Koʻchmanchilar yeri" tomosha qilgan kishiga juda tanishdek, xuddiki ushbu film oldin ham har doim qayerdadir yonginamizda boʻlgandek taasurot qoldiradi. Ingliz tilida bunday tuygʻu uygʻotgan asarni instant classic — yaʼni bir zumda "klassikaga aylangan" deyiladi.
"Koʻchmanchilar yeri" - kishida vaqti vaqti bilan unig dunyosiga qayta shoʻngʻish istagini uygʻotadigan filmdir. Fren (Frensis Makdormand) unga uy vazifasini bajaruvchi furgon mashinada Amerika boʻylab kezadi. U turmush oʻrtogʻi vafot etganidan soʻng va oʻzi yashab turgan shaharchasi yoʻq boʻlib ketganidan soʻng maqsadsiz yoʻlga otlangan edi.
Uning maqsadi qandaydir romantik his tuygʻular yoki sayohat qilish istagi emas, balkim yoʻllarda onda-sonda duch kelgan ishlarni bajarib, avtomobil-uyda yashash. Bunday hayot tarzi oddiy uyda yashashga qaraganda arzonroq va ishonchliroq.
© Cor Cordium ProductionsKadr iz filma "Zemlya kochevnikov"
Kadr iz filma Zemlya kochevnikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.03.2021
Kadr iz filma "Zemlya kochevnikov"
Yoʻl-yoʻlakay Fren oʻziga oʻxshagan koʻplab kishilarni uchratadi. Ularning barchasi katta yoʻldagi haqiqiy koʻchmanchilar desa boʻladi. Ular biroz vaqt birga boʻlib, keyin yana oʻz yoʻliga tarqalib ketishadi. Koʻchmanchilar bir-biriga hechqachon "xayr" demaydi, ular har doim "yoʻllarda koʻrishamiz" deyishadi.

Kapitalizmning chekka qirgʻoqlarida

Eng hayratlanarlisi - bunday submadaniyat kino ijodkorlari tomonidan oʻylab topilmagan. AQShdagi haqiqatdan ham millionlab kishilar ana shunday hayot kechiradi. Film Djessika Bruderning deyarli hujjatli desa boʻladigan "Koʻchmanchilar yeri: XXI asr Amerikasidan qanday jon saqlash kerak" nomli romaninng batafsil takrorlangan ekranizatsiyasidir.
Darhaqiqat, Amerikada pensionerlar normal hayot kechirish uchun mablagʻi yetishmasligi tez-tez uchrab turadigan holat. Shuning uchun ular birinchi navbatda uy xarajatlaridan voz kechadi (yoki ularning umuman uyi yoʻq), ikkinchidan, keksayganda mamlakat boʻylab arzon sayohat qilishni istashadi. Va uchinchidan yoʻl-yoʻlakay unchalik qiyin boʻlmagan biror vaqtinchalik ish topishga umid qilishadi. Bu, albatta, achinarli, lekin hayot shunday.
Demak, Xloya Chjaoning ushbu filmi qandaydir mavhum maqsadlarda, yoki faqat sanʼat yoʻlida suratga olingan navbatdagi "ekshn" yoki "triller" emas. Bu Amerika kapitalizmining asl qiyofalaridan birini koʻrsatuvchi, real hayotni aks ettirgan kinodir. Film muallifining oʻzi ham uni ana shunday taʼriflaydi.
© Cor Cordium ProductionsKadr iz filma "Zemlya kochevnikov"
Kadr iz filma Zemlya kochevnikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.03.2021
Kadr iz filma "Zemlya kochevnikov"
Film voqealarida 2010 yil boshi aks etgan. Nega dunyoning eng boy mamlakatlaridan birida keksa odamlar jon saqlash uchun uyidan voz kechib, qandaydir mayda-chuyda ishlarni bajarishga majbur boʻlmoqda?
Bosh qahramon Fren goh fastfud oshxonasida. goh Amazon omborxonasida ishlashga majbur. Oʻtgan asr boshida Ford zavodida ishlagan amerikaliklar "oʻrta sinf" hisoblangan boʻlsa bugun qoʻl ishi bilan faqat hech vaqosi yoʻq qariyalar shugʻullanmoqda. .

Boshqalariga oʻxshamagan "road-muvi"

AQSH kinematografiyasi "road muvi", yaʼni yoʻl-yoʻlakay olingan sarguzasht-falsafiy kino janri tez-tez uchraydi. Buni milliy anʼana desa ham boʻladi. "Koʻchmanchilar yeri" ham "Gʻamsiz haydovchi", "Tentak va undan ham tentakroq", "Yarim tungi kovboy", "Logan", "Mening shaxsiy shatim Aydaxo" kabi mashhur lentalar qatoridan oʻrin oldi.
Umuman amerikaliklarni haligacha ozroq piligrim (sayohatchi) desa ham boʻladi. Ular avtomobilda uzoq yoʻlga chiqishni, Tinch okeanidan Atlantika okeanigacha yetib borish va ortga qaytishni orzu qilishadi. Avtomobilning old va yon oynasi orqali koʻringan manzara ular uchun alohida ahamiyat kasb etadi. U yerdan bu yerga sayohat qilayotganda ular hayot mazmuni va abadiy qadriyatlar haqida xayol surishadi.
© Cor Cordium ProductionsKadr iz filma "Zemlya kochevnikov"
Kadr iz filma Zemlya kochevnikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.03.2021
Kadr iz filma "Zemlya kochevnikov"
"Koʻchmanchilar yeri" - tomoshabinga goʻyoki ana shunday avtomobillardan birining old oʻrindigʻiga oʻtirib, butun Amerika boʻylab kezayotgandek tuygʻu beradi. Kimdir oʻzini bosh qahramon Frenga oʻxshatishi mumkin - u xuddi oynadek koʻpchillikni oʻzida aks ettiradi.
Fren rolini ijro etgan Frensis Makdormand - oʻz ishini oliy darajada bajargan. Ushbu rol uchun u bir necha kunga oʻz hayotining unutib, haqiqiy uysiz koʻchmanchiga aylangan. Bir soʻz bilan aytganda - u rolni genial ijro etgan.
Filmda aks etgan Amerika peyzajlari ham - ajoyib, eng sara manzaralar. Bularning hammasi Lyudoviko Eynaudining sokin fortepiano musiqali "sousi" ostida tomoshabinga yetkaziladi. Menimcha bundan faqat rohatlanish mumkin, xolos.
Filmning ham rejisseri ham stsenariy muallifi boʻlgan Xloya Chjao, hech qanday yangilik yaratmagan boʻlsada, bir necha kategoriyalar boʻyicha katta muvaffaqiyatga erishdi. Ushbu film bir vaqtning oʻzida ajoyib road-muvi va jamiyatning ayanchi holatining isbotidir.
Vыbor filma dlya Oskara - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.11.2020
Madaniyat
Oskar mukofotiga Oʻzbekistondan qaysi film taqdim etilishi maʼlum boʻldi - treyler
Lekin harchand qiyinchiliklarga, ogʻir hayot sharoitlariga qaramasdan, film qahramonlari hayotdan bahra olishga, pul haqida qaygʻurmaslikka, yolgʻizlik va nomaʼlumlikdan qoʻrqmasdan uzoq sayohatlarga chiqishga harakat qilishadi.
Menimcha, karantin cheklovlari bilan qamrab olingan 2021 yilda ularga faqat havas qilish mumkin. Shu sababdan ham "Koʻchmanchilar yeri"da har bir tomoshabin oʻzi uchun qandaydir ruhiy qoniqish topsa ajab emas.
Xloya Chjao, asl ismi Chjao Tin, 1982 yil 31 martda Xitoyning Pekin shahrida tugʻilgan. Amerikalik kinorejisser, stsenarist. Birinchi filmini 2015 yilda suratga olgan. Ayni damda 4 film muallifi, 2ta "Oltin globus" sohibasi.
Xloya Chjao  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.03.2021
Xloya Chjao
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala