Mirziyoyev Angela Merkel bilan onlayn-muzokara o‘tkazdi - tafsilotlar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2021
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda qo‘shma loyihalar, ishbilarmonlarning aloqalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yetakchi nemis kompaniyalari va bank institutlarining O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishga kelishib olindi.
TOShKENT, 12 mar - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal kansleri Angela Merkel bilan videoanjuman shaklida muzokara o‘tkazdi.
"O‘zbekiston va Germaniya yetakchilarining bugungi uchrashuvi kun tartibidan jahonda murakkab epidemiologik vaziyat oqibatida inqirozli hodisalar kuchayishi sharoitida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin oldi", - deyiladi prezident matbuot-xizmati xabarida.
Germaniya investorlari O‘zbekistonda 1 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqchi
Mirziyoyev O‘zbekistonda yangi demokratik yangilanishlar siyosatini og‘ishmay qo‘llab-quvvatlayotgani hamda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga moliyaviy-texnik jihatdan ko‘maklashish dasturini kengaytirayotgani uchun GFR hukumatiga minnatdorlik bildirgan.
Iqtisodiy hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Germaniya O‘zbekistonning muhim texnologik va investitsiyaviy sherigi bo‘lib kelmoqda.
Keyingi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1,5 barobar ko‘paygan, 50 ga yaqin yangi qo‘shma korxona tashkil etilgan. O‘zbekistonda Germaniyaning "MAN", "Claas", "Knauf", "Papenburg" kabi mashhur kompaniyalari faol ishlamoqda. "Volkswagen" va "Viessmann" kompaniyalari ilk bor mamlakat bozoriga kirib kelgan bo‘lsa, uzoq tanaffusdan so‘ng "Siemens" va "Bosch" kompaniyalari qaytib keldi. O‘tgan yilda Germaniya kompaniyalari tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 700 million dollardan oshdi.
Volkswagen Eco - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2020
Jizzaxda “Volkswagen” yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqariladi
Uchrashuvda qo‘shma loyihalar, ishbilarmonlarning aloqalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yetakchi nemis kompaniyalari va bank institutlarining O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishga kelishib olindi.
Kooperatsiyaning yangi yo‘nalishlarini, eng avvalo, industrial klasterlar, raqamlashtirish va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish, qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi loyihalarni ilgari surish maqsadida joriy yilning may oyida O‘zbekiston-Germaniya ishbilarmonlar kengashining navbatdagi uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirildi.
Tomonlar O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi masalasida hamda Yevropa Ittifoqi bilan konstruktiv muloqot doirasida, shu jumladan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tayyorlashni tez fursatda yakunlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga ahdlashib oldilar.
Rekonstruksiya trassi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2020
Nemis kompaniyasi O‘zbekistonda yo‘l qurish bilan shug‘ullanadi
Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va gender tenglik kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash muhim ekani ta’kidlandi.
Gumanitar almashinuvlar sohasida O‘zbekistonda nemis tilining o‘rganilishini kengaytirish va bu borada tegishli davlat dasturini qabul qilish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.
O‘zbekiston prezidenti va Germaniya kansleri xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar hamda global va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashdilar.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi siyosati qo‘llab-quvvatlandi. Afg‘onistondagi tinchlik jarayoniga ko‘maklashish, shu maqsadda transport va energetika sohalarida mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surish maqsadida ko‘rilayotgan sa’y-harakatlar yuksak baholandi.
Muzokaralar yakunida prezident Mirziyoyev Federal kansler Angela Merkelni O‘zbekiston Respublikasiga tashrif bilan kelishga taklif qildi.
Yangiliklar lentasi
0