Rossiya

Rosaviatsiya Oʻzbekistonning sakkizta shahriga toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlarga ruxsat berdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishUchastniki dogovorennosti ob osvobojdenii mejdu Rossiyey i Ukrainoy prileteli v Moskvu
Uchastniki dogovorennosti ob osvobojdenii mejdu Rossiyey i Ukrainoy prileteli v Moskvu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.03.2021
Rosaviatsiya Kaliningraddan xorijiy mamlakatlarga yangi reyslar amalga oshirilishiga ruxsat berdi.
TOSHKENT, 12 mar - Sputnik. Rossiya Federal havo transporti agentligi (Rosaviatsiya) kompaniyalarga Kaliningraddan Oʻzbekiston shaharlariga toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlarni amalga oshirish huquqini berdi, deb xabar qilmoqda agentlik matbuot xizmati.
Tegishli qaror 10 mart kuni idora saytida eʼlon qilingan.
Parvozlar "Uralskiye avialinii" tomonidan haftasiga uch martadan quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
— Kaliningrad — Qarshi;
— Kaliningrad — Buxoro;
— Kaliningrad — Samarqand;
— Kaliningrad — Fargʻona;
— Kaliningrad — Nukus;
— Kaliningrad — Namangan";
— Kaliningrad — Navoiy;
— Kaliningrad — Urganch.
Parvozlarga ruxsat berish toʻgʻrisidagi qaror xalqaro yoʻnalishlarda parvozlarni tiklash uchun asos boʻla olmaydi. Aviakompaniyalar parvozlarni tashkil etish huquqini faqat xorijiy davlatlar chegaralari ochilgandan keyingina olgan. Oʻtgan yilning martidan boshlab Rossiyada xalqaro yoʻlovchi reyslari koronavirus pandemiyasi sababli toʻxtatilgan edi.
Djasurbek Choriyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2021
Jamiyat
Rossiya bilan muntazam parvozlar qachon tiklanadi – transport vaziri oʻrinbosari javobi
Ilgariroq esa, Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi avia-qatnovlar mart-aprel oylarida tiklanishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala