Kolumnistlar

Rossiya uchun xavf: Pentagon Alyaskada shoshilinch tartibda nima qurmoqda

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishRadiolokatsionnaya stantsiya
Radiolokatsionnaya stantsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.03.2021
Vashington oldin ushbu RLS Eron yoki Shimoliy Koreya hududidan raketa zarbasiga qarshi qaratilgan deb taʼkidlashiga qaramasdan, mutaxassislar ushbu stantsiya mutlaq boshqa narsa uchun yaratilganiga shubha qilishmaydi.
TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. AQSH Alyaska yarim orolida oldingilariga nisbatan uzoqroq masofalarni “koʻra” oladigan, minglab kilometr uzoqlikdan uchirilgan raketalarni aniqlash imkoniga ega boʻlgan va jangovar bloklar va qalbaki nishonlarni aniqlash imkoniga ega boʻlgan, yangi raketaga qarshi mudofaa tizimining navbatdagi elementini ishga tushirmoqda. Yangi kuchli radiolokatsion stantsiya ushbu yil oxiriga qadar ishga tushadi.

Mutlaq nazorat

Amekrikaliklar ushbu uzoq masofali radiolokatsion stantsiya (Long Range Discrimination Radar, LRDR) 2018 yilda Clear Air Force aviabazasida qurishni boshlagan edi. Ushbu harbiy obʼyekt oʻtgan asr oʻrtasidan boshlab ishga tushgan va AQSH havo mudofaa tizimining muhim obʼyekti hisoblanadi.
Shtab-kvartira Ministerstva oboronы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2021
Dunyoda
Pentagon Rossiya bilan yadroviy urush yuz berishi ehtimoli haqida bayonot berdi
RLS oʻtgan yilda ishga tushishi kerak edi, lekin pandemiya tufayli uni qurib bitkazish muddati ortga surildi. Hozir esa u finish chizigʻiga chiqqan.
Ishlab chiqaruvchi taʼkidlashiga koʻra, yangi radar "Idjis" axborot-boshqaruv tizimining AN/SPY koʻp funktsiyali radaiga qaraganda 25 marotaba katta. Idjis jumladan harbiy kemalarga ham oʻrnatiladi.
Galliy nitridi moddasini qoʻllash natijasida S-diapazonida ishlaydigan yangi stantsiyaning texnik xususiyatlari sezilarli darajada oshgan. RLS nafaqat kontinetlararo ballistik (KBR) va gipertovush raketalarini, balkim KBRlarga hamroq qalbaki nishonlarni ham aniqlashi mumkin.
Uning yana bir xususiyati – hatto taʼmirlash vaqtida ham radarni oʻchirish talab etilmaydi. RLS bloklardan iborat ularni uyalarga qoʻshish yoki ajratish yoʻli bilan radar quvvatini oshirish mumkin.
Rasmiy maʼlumotlarda aytilishiga koʻra, LRDR AQShning kontinental hududinia Eron va Shimoliy Koreya raketa zarbasidan himoya qiliadi. Lekin mutaxassislar xulosasiga koʻra, yangi RLSning asosiy obʼyektlari – Rossiya raketalari boʻladi.
Yadernыy vzrыv - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.10.2020
Dunyoda
Germaniya yadroviy urushga tayyorgarlik koʻrmoqda – Bild
Amerikaliklar Yevropada havo hujumiga qarshi tizimni oʻrnatgan vaqtida ham – u “Eronga qarshi” deyilgan edi. Aslida yangi radar faqatgina Rossiyaga qarshi qaratilgan. Shimoliy Koreya raketalari trayektoriyasi Tinch okeani ustidan oʻtgan. Ularni nazorat qilib turish uchun Gavayi orollari hududida joylashgan RLS kerak, - deydi harbiy fanlar doktori Konstantin Sivkov.
Sibir yoki Shimoliy flotdan uchirilgan Rossiya kontinetlararo ballistik raketalarining eng qisqa yoʻnalishlari esa aynan Alyaska ustidan oʻtadi.

Masofa juda yaqin

Savkov aytishiga koʻra, Alyaskada AQSH global raketa mudofaa tizimining komponentlari boʻlishiga qaramasdan, uzoq masofali RLS ushbu tizim imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi va raketalarni tez tutib olish imkonini beradi.
Zapusk ballisticheskoy raketы s aviabazы Vandenberg v Kalifornii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.02.2021
Rossiya
“Bu hamma narsani vayron qiladi”: Pentagon Rossiyani nima bilan “jilovlamoqchi”
“Ha, bu biz uchun noqulay, lekin u vaziyatni keskin oʻzgartira oladi deyish qiyin. Rossiya bunga javoban ana shunday radarlarni yengib oʻtadigan radioelektron kurash vositalari yaratishi kerak boʻladi. Menimcha bunday vositalar allaqachon yaratilgan va ular yaqinda ishga tushadi. Undan tashqari harbiy harakatlar boshlangan taqdirda ushbu RLSni tezlik bilan yoʻq qilish yoʻlini oʻylash kerak”, - deydi harbiy mutaxassis.
Amerikaliklar uchun Alyaska – bu strategik muhim hududdiir. Asosiy sabab – u yerdan Rossiya aviabazalariga qadar bir necha kilometr xolos, Bering boʻgʻozini kesib oʻtsa boʻldi. Shu sababli Pentagon Alyaskada nafaqat radarlar oʻrnatmoqda, balkim u yerda zarba beruvchi kuchlarni ham yaratgan edi.
Yarim orolda joylashgan ikki harbiy bazalarda yaqin vaqt ichida 150ta beshinchi avlod F-35 va F-22 Raptor samolyotlaridan iborat yirik gruppirovka joylashtiriladi. Maqsad – Arktikada Rossiyani siqib qoʻyish.
Shunisi ahamiyatli-ki – Alyaskada quruqlik qoʻshinlari unchalik koʻp emas: bor-yoʻgʻi ikkita piyodalar birgadasi va ularning artilleriyasi hamda bronetransportyorlari. U yerda harbiy flot ham yoʻq – faqat qirgʻoq qoʻriqchilari.
Pentagon ayni damda Alyaskada xizmat qiluvchi harbiylarni yollash boʻyicha kampaniyani boshlab yuborgan. Askar va zobitlarni yuqori maosh va maishiy qulayliklar bilan jalb qilishmoqda.

Davlat qalqoni

LRDR darajadagi radarlar Rossiyada ham bor, bir emas ikkita. Soʻnggi yillar davomida raketa hujumi haqida ogohlantiriuvchi tizim sezilarli darajada yangilandi va chegaralarni ishonchli himoya qilmoqda.
Pusk modernizirovannoy protivoraketы sistemы PRO na poligone Sarы-Shagan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.06.2019
Dunyoda
Himoya qalqon qudrati: Rossiya yangi raketaga qarshi tizimi sinovdan oʻtkazdi
Vaholanki Sovet Ittifoqi tarqalib ketganidan soʻng, Vashington bosimi ostida qabul qilingan qator sanktsiyalar koʻplab radiolokatsion stantsiyalarni mutlaq yoʻq qilib yuborgan, yangilarini qurish esa toʻxtab qolgan edi. Shimoli-sharqiy yoʻnalishlardagi tuynuklar uzoq vaqt davomida ochiq qolgan edi. Tinch okeanining shimoliy qismi va Alyaska tomonidan. Aytish joizki ushbu muammolar Sovet Ittifoqi davrida ham bor edi.
2020 yilning dekabr oyida yangi raketa zarbasi haqida ogohlantiriuvchi tizimning (RZHOT) davlat sinovlari yakunlandi. Bugungi kunda u raketa hujumlari haqidagi maʼlumotlarni muvaffaqiyatli ravishda Moskva raketaga qarshi himoya tizimi va davlat va harbiy boshqaruv tizimlariga yetkazib bermoqda. Shuningdek u koinot hududini ham monitoring qilmoqda.
RZHOTning birinchi esheloni yagona kosmik tizim tarkibiga kiruvchi sputniklar guruhidan iboratdir. Xususan bu “Voronej” eng yangi tsantsiyalaridir. Ushbu RLSlar butun mamlakat chegarasi boʻylab tarqatilgan. Kaliningraddan boshlab Leningrad, Orenburg, Krasnodar, Krasnoyarsk va Irkutsk viloyatlari va Altay oʻlkasigacha. 2021 yilda Komi respublikasida va Murmansk yaqinida yangi stantsiyalar ishga tushadi.
"Voronej" — bu detsimetrli toʻlqinga ega boʻlgan gorizont usti RLSlarning soʻnggi avlodi boʻlib. Ular barcha raketa xavfi boʻlgan yoʻnalishlarni nazorat ostida ushlab turishadi. Stantsiyalar 6 ming kilometr masofagacha kosmik, ballistik va aerodinamik nishonlarni nazorat qilib turishi mumkin. Bir stantsiya gorizont boʻyicha 6 ming vertikal boʻyicha 8 ming kilometr masofada bir vaqtning oʻzida 500tagacha obʼyektlarning uchish trayektoriyasini, tushish joylarini va vaqtini nazorat qilib turishi mumkin.
“Voronej” toʻliq avtomatik ravishda ishlaydi va raketlar parvozi boshlangan vaqtdayoq ularni qayd etadi. Hujum qayd etilganda maʼlumotlar RZHOT qoʻmondonlik punktlariga yetkaziladi. Bir necha daqiqa ichida axborot tahlil qilinadi va yuqori rahbariyatga javob zarbasi haqida qaror qabul qilish uchun yetkazib beriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala