Jamiyat

Taniqli rejissyor Bahrom Yoqubov vafot etdi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishSvecha, gvozdiki
Svecha, gvozdiki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.03.2021
Taniqli rejissyorning vafoti munosabati bilan qator shou-biznes vakillari ijtimoiy tarmoqlarda chuqur hamdardlik bildirganlar.
TOSHKENT, 12 mar - Sputnik. Oʻzbekistonning taniqlik rejissyorlaridan biri Bahrom Yoqubov 60 yoshida olamdan oʻtdi. Bu haqda sanʼat va shou-biznes vakillari oʻzlarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali xabar qoldirganlar.
Kinorejissyor 1961 yil Toshkent shahrida dunyoga kelgan.
"Romeo va Julyetta", "Baxt uchun million", "Fotima va Zuhra", "Super kelinchak", "O, Maryam, Maryam", "Majruh" singari kartinalari bilan shuhrat qozongan.
Taniqli rejissyorning vafoti munosabati bilan qator shou-biznes vakillari ijtimoiy tarmoqlarda chuqur hamdardlik bildirganlar.
Xususan, aktrisa Zarina Nizomiddinova oʻzining Instagrammida "joyingiz jannatdan boʻlsin ustoz", degan soʻzlarni yozib qoldirgan va 16 yoshida suratga tushgan kartinasi - "Romeo va Julyetta" singari filmlar boshqa suratga olinmasa kerak, deya afsus bilan qayd etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala