Toshkentda qidiruvga e’lon qilingan shaxslar qo‘lga olindi

© Sputnik / Stas EtveshNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xodimlari qidiruvga e’lon qilingan shaxslarni qo‘lga olishdi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. 2 mart kuni Yakkasaroy tumani jinoyat qidiruv xodimlari Toshkent viloyati hududida 2020-yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida (“Firibgarlik”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvga e’lon qilingan 38 yoshli Dilmurod Sh.ni qo‘lga olishdi.
Sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘lladi.
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2021
DXXdagi vakant joyni 5 ming $ga pullayotgan uddaburro shaxs qo‘lga olindi
Shu kunning o‘zida 2018-yili Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga e’lon qilingan 37 yoshli Andranik M. qo‘lga olindi. Andranik M. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasida (“O‘g‘rilik”) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0