O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 22ta hujjat imzolandi

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2021
Obuna bo‘lish
Andijon va O‘sh, Namangan va Jalolobod, Farg‘ona va Botken, Norin viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” tasdiqlangan.
TOShKENT, 12 mar - Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi davomida 22ta hujjam imzolandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.
"O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari Qo‘shma bayonot qabul qildilar. Shuningdek, ikki mamlakat vazirliklari va hududlari rahbarlari imzolangan hujjatlar bilan almashdilar. Umuman, tashrif doirasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qirg‘iziston sherikligining deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan 22 ta hujjat imzolandi", - deyiladi xabarda.
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s prezidentom Kirgizstana Sadirom Japarovim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2021
Mirziyoyev va Japarovning tor doiradagi muzokaralari boshlandi
Qariyb 50 ta qo‘shma loyihani amalga oshirish nazarda tutilgan Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi, O‘zbekiston-Qirg‘iziston Investitsiya fondini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim, elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish, Qirg‘izistonda gidroenergetika obyektlarini qurish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatlar shular jumlasidan.
Andijon va O‘sh, Namangan va Jalolobod, Farg‘ona va Botken, Norin viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” tasdiqlangan.
Shuningdek, tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi hamda bojxona ishi, harbiy va harbiy-texnik hamkorlik, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat xavfsizligi, o‘simliklar karantini, ta’lim, fan va madaniyat sohalari bo‘yicha qator muhim hujjatlar imzolangan.
Yangiliklar lentasi
0