O‘zbekistonliklar 2021-yilda ikki kun ziyod dam olishlari mumkin: farmon loyihasi

© Depositphotos.com / Mizar_219842Nastenniy kalendar s votknutimi bulavkami
Nastenniy kalendar s votknutimi bulavkami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2021
Obuna bo‘lish
Qaysi kunlarni dam olish kunlari etib belgilash rejalashtirilayotgani va qaysi dam olish kunlari ko‘chirilishi haqida - materialimizda o‘qing.
TOShKENT, 12 mar – Sputnik. O‘zbekistonda 2021-yil uchun yana qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash taklif etilmoqda
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Prezidentining "2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmon loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Unga ko‘ra, "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida fuqarolarning faol dam olishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida qo‘shimcha dam olish kuni belgilash taklif qilinmoqda.
Jumladan, 2021-yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanadi:
14 may—juma;
2 sentabr — payshanba;
3 sentabr — juma;
31 dekabr —juma.
2021 yilda dam olish kunlari:
27 mart — shanba kunidan 22-mart — dushanba kuniga;
17 iyul — shanba kunidan 21-iyul — chorshanba kuniga;
24 iyul — shanba kunidan 22-iyul — payshanba kuniga ko‘chiriladi.
Bundan tashqari, farmonning 3-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi: 2021-yil 2-yanvar — shanba, 20-mart — shanba, 22-mart — dushanba, 15-may — shanba, 21-iyul — chorshanba, 22-iyul —payshanba va 4-sentabr — shanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kunlari hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0