"Doʻstlik – II": oʻzbek-hind oʻquv mashgʻulotlari qizgʻin pallaga kirdi
"Doʻstlik – II": oʻzbek-hind oʻquv mashgʻulotlari qizgʻin pallaga kirdi
TOSHKENT, 13 mar - Sputnik. "Doʻstlik – II” hind-oʻzbek hamkorlikdagi oʻquvining mashgʻulot jarayonlari qizgʻin pallaga kirdi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi
TOSHKENT, 13 mar - Sputnik. "Doʻstlik – II” hind-oʻzbek hamkorlikdagi oʻquvining mashgʻulot jarayonlari qizgʻin pallaga kirdi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati.12 mart kun Hindiston armiyasi kapitan Shishir Shukla tomonidan avtomagistrallar va aholi yashash punktlariga kirish yoʻllariga qoʻyiladigan mobil blokpostlarda xizmatni tashkillashtirish, avto mashinalar va fuqarolarni tekshiruvdan oʻtkazish, shuningdek shubhali buyumlar va terrorchilar aniqlanganda, ularni zararsizlantirish boʻyicha nazariy mashgʻulot oʻtkazilib, mashgʻulotning ikkinchi yarmida amaliy harakatlar namoyish etildi. Koʻrgazmali mashgʻulotlarning ikkinchi oʻquv nuqtasida Hindiston armiyasi kapitan Shishir Shukla tomonidan oʻrmon ichida joylashgan qishloq hududida joylashib olgan terrorchilarni qidirib topish, ularni qurshab olish va zararsizlantirish boʻyicha dastlab nazariy, soʻngra amaliy koʻrgazmali mashgʻulot tashkillashtirildi.Oʻtkazilgan mashgʻulotlar davomida ishtirokchilar faollik va tashabbuskorlik koʻrsatishdi. Jumladan, Oʻzbekiston harbiy xizmatchilari tomonidan qoʻshimcha taklif va mulohazalar bildirildi. Shu tariqa hamkorlikda oʻtkazilayotgan mazkur oʻquvlarda harbiy sanʼat borasida oʻzaro tajriba almashishdek ustuvor maqsadga erishilmoqda. Oʻquv dasturidan dam olish soatlarida madaniy sport tadbirlari tashkil etilishi ham oʻrin olgan.
Hamkorlikda oʻtkazilayotgan mazkur oʻquvlarda harbiy sanʼat borasida oʻzaro tajriba almashishdek ustuvor maqsadga erishilmoqda
TOSHKENT, 13 mar - Sputnik. "Doʻstlik – II” hind-oʻzbek hamkorlikdagi oʻquvining mashgʻulot jarayonlari qizgʻin pallaga kirdi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati.
12 mart kun Hindiston armiyasi kapitan Shishir Shukla tomonidan avtomagistrallar va aholi yashash punktlariga kirish yoʻllariga qoʻyiladigan mobil blokpostlarda xizmatni tashkillashtirish, avto mashinalar va fuqarolarni tekshiruvdan oʻtkazish, shuningdek shubhali buyumlar va terrorchilar aniqlanganda, ularni zararsizlantirish boʻyicha nazariy mashgʻulot oʻtkazilib, mashgʻulotning ikkinchi yarmida amaliy harakatlar namoyish etildi.
Koʻrgazmali mashgʻulotlarning ikkinchi oʻquv nuqtasida Hindiston armiyasi kapitan Shishir Shukla tomonidan oʻrmon ichida joylashgan qishloq hududida joylashib olgan terrorchilarni qidirib topish, ularni qurshab olish va zararsizlantirish boʻyicha dastlab nazariy, soʻngra amaliy koʻrgazmali mashgʻulot tashkillashtirildi.
Oʻtkazilgan mashgʻulotlar davomida ishtirokchilar faollik va tashabbuskorlik koʻrsatishdi. Jumladan, Oʻzbekiston harbiy xizmatchilari tomonidan qoʻshimcha taklif va mulohazalar bildirildi. Shu tariqa hamkorlikda oʻtkazilayotgan mazkur oʻquvlarda harbiy sanʼat borasida oʻzaro tajriba almashishdek ustuvor maqsadga erishilmoqda. Oʻquv dasturidan dam olish soatlarida madaniy sport tadbirlari tashkil etilishi ham oʻrin olgan.