Iqtisod

Fevral oyida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmi 4%ga oʻsdi - MB

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishElektronnoye tablo s informatsiyey o kursax valyut
Elektronnoye tablo s informatsiyey o kursax valyut - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2021
Valyuta oldi-sotdi operatsiyalarining amalga oshirilishini yanada erkinlashtirish maqsadlarida fevral oyining oʻrtasida bir qator oʻzgartirishlar kiritilgan edi.
TOSHKENT, 13 mar – Sputnik. Markaziy bank 2021 yil fevral oyida ichki valyuta bozorida amalga oshirilgan operatsiyalar haqida maʼlumot berdi.
Joriy yilning 15 fevral sanasidan ichki valyuta bozorida valyuta oldi-sotdi operatsiyalarining amalga oshirilishini yanada erkinlashtirish maqsadlarida bir qator oʻzgartirishlar kiritildi.
Dollar  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Siyosat
Volodin Rossiya izchillik bilan dollarga tobelikdan chekinishini maʼlum qildi
Xususan, valyuta birjasida valyuta oldi-sotdisi boʻyicha savdo sessiyalari "Onlayn platforma" orqali soat 10:00 dan 15:00 gacha auktsion usullaridan foydalangan holda amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, tijorat banklarining valyuta birjasi savdolarida mijozlar nomidan ishtirok etish amaliyotidan voz kechildi.
Bu esa, oʻz navbatida, tijorat banklariga ochiq valyuta pozitsiyasi doirasida xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar bilan oʻzaro toʻgʻridan-toʻgʻri hamda kun davomida valyuta birjasida valyuta oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish imkonini berdi.
2021 yilning fevral oyida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmi 1,6 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, yanvar oyiga nisbatan 4 foizga oʻsdi.

Yuridik shaxslar bilan amalga oshirilgan valyuta operatsiyalari

Fevral oyida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi 1,2 mlrd. AQSH dollarini (Markaziy bank interventsiyalarini hisobga olmagan holda) tashkil etib, yanvar oyiga nisbatan 28 foizga oʻsdi.
Xususan, hisobot oyida:
xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar tomonidan 665 mln. AQSH dollari miqdoridagi chet el valyutalari sotilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich avvalgi oyga nisbatan 20 foizga oshdi (yanvar oyida – 554 mln. AQSH doll.);
banklar va jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutalari miqdori 494 mln. AQSH dollarini;
Moliya vazirligi tomonidan sotilgan chet el valyutalari miqdori 30 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala