Fevral oyida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmi 4%ga o‘sdi - MB

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishElektronnoe tablo s informatsiyey o kursax valyut
Elektronnoe tablo s informatsiyey o kursax valyut - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2021
Obuna bo‘lish
Valyuta oldi-sotdi operatsiyalarining amalga oshirilishini yanada erkinlashtirish maqsadlarida fevral oyining o‘rtasida bir qator o‘zgartirishlar kiritilgan edi.
TOShKENT, 13 mar – Sputnik. Markaziy bank 2021-yil fevral oyida ichki valyuta bozorida amalga oshirilgan operatsiyalar haqida ma’lumot berdi.
Joriy yilning 15-fevral sanasidan ichki valyuta bozorida valyuta oldi-sotdi operatsiyalarining amalga oshirilishini yanada erkinlashtirish maqsadlarida bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.
Dollar  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2021
Volodin Rossiya izchillik bilan dollarga tobelikdan chekinishini ma’lum qildi
Xususan, valyuta birjasida valyuta oldi-sotdisi bo‘yicha savdo sessiyalari "Onlayn platforma" orqali soat 10:00 dan 15:00 gacha auksion usullaridan foydalangan holda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, tijorat banklarining valyuta birjasi savdolarida mijozlar nomidan ishtirok etish amaliyotidan voz kechildi.
Bu esa, o‘z navbatida, tijorat banklariga ochiq valyuta pozitsiyasi doirasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda kun davomida valyuta birjasida valyuta oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish imkonini berdi.
2021 yilning fevral oyida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmi 1,6 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, yanvar oyiga nisbatan 4 foizga o‘sdi.

Yuridik shaxslar bilan amalga oshirilgan valyuta operatsiyalari

Fevral oyida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi 1,2 mlrd. AQSh dollarini (Markaziy bank intervensiyalarini hisobga olmagan holda) tashkil etib, yanvar oyiga nisbatan 28 foizga o‘sdi.
Xususan, hisobot oyida:
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 665 mln. AQSh dollari miqdoridagi chet el valyutalari sotilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich avvalgi oyga nisbatan 20 foizga oshdi (yanvar oyida – 554 mln. AQSh doll.);
banklar va jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutalari miqdori 494 mln. AQSh dollarini;
Moliya vazirligi tomonidan sotilgan chet el valyutalari miqdori 30 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
Yangiliklar lentasi
0