Video

"Fukusima-1" AESida avariya yuz bergan kun: 10 yil oʻtib Yaponiya qanday yashamoqda? — video

Oʻn yil oldin Yaponiyaning "Fukusima-1" atom elektr stantsiyasida falokat yuz bergan edi.
Oʻshanda avariya kuchli zilzila va undan soʻng sodir boʻlgan tsunami tufayli yuzaga kelgan. Yuz bergan tabiiy ofat oqibatida AESning avariyali sovutkich tizimlari ishdan chiqqan.
Bu uchta energoblok reaktorlarida yadroviy yoqilgʻining qizib ketishiga olib kelgan. Portlashlar yuzaga kelgan va radioaktiv moddalar havoda tarqalgan.
Xavfli elementlar 1 ming kvadrat kilometr hududga tarqalib ketgan. Bu - oʻlcham jihatdan 2,5ta Lyuksemburgga yoki bitta Moskvaga teng. Avariya oqibatida 160 ming kishi oʻz uylarini tark etishga majbur boʻlgan!
Bu Chernobil AESidagi falokat davridan buyon roʻy bergan eng dahshatli yadroviy fojia sanaladi. Oradan 10 yil oʻtib Yaponiya qanday hayot kechirmoqda, nimalar oʻzgardi, nima oʻzgarishsiz qoldi – videosyujetda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala