Dunyoda

“Ishtonimgacha titib koʻrishdi”: Lukashenko oʻzi haqidagi filmning "agʻdar-toʻntarini" chiqardi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishPrezident Belarusi Aleksandr Lukashenko vыstupayet na mitinge v yego podderjku
Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko vыstupayet na mitinge v yego podderjku - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2021
Aleksandr Lukashenko muxolifat tomonidan oʻzining "shohona hayoti" haqida suratga olingan filmga baho berishda bor-bisotidagi soʻzlarni ayab oʻtirmadi.
TOSHKENT, 13 mar - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda ekstremistik deb topilgan Telegram-kanallarning birida eʼlon qilingan Belarus davlati rahbarining goʻyoki "shohona hayoti" haqida soʻzlovchi filmni fisqu-fasod asosida yaratilgan deya atadi, deb xabar bermoqda "BelTA".
Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2021
Dunyoda
Lukashenko Gʻarbni Belarusga qanday yashash kerakligini oʻrgatmaslikka chaqirdi
Sal avval internetda "Lukashenko. Oltin jarlik" deb nomlangan bir yarim soatli surishtiruv-film paydo boʻlgan va unda mualliflar Belarus prezidentining goʻyoki mavjud "xilvatgoh"lari haqida soʻz yuritgandilar.
"Aytishlaricha, juda katta, nihoyatda uzun filmmish. Uncha vaqt koʻrishga vaqtim yoʻq. Menga shunchaki bloklar boʻyicha tahlillarni berishdi. Oʻz navbatida, unda yangilik yoʻq rostdan degan xulosaga keldim", – dedi Lukashenko, filmni oxirigacha koʻrishga ulgurmaganini qoʻshimcha qilgan holda.
U, shuningdek, filmda taqdim etilgan maʼlumotlar yolgʻonligini, "hech qachon odamlardan nimanidir oʻgʻirlashga oʻziga ruxsat bermasligini" taʼkidladi.
Belarus prezidenti muxolifat "bu mavzuga qoʻl urib, vaqtni zoye ketkizganini qoʻshimcha qildi.
"Saroylar, yana allambalolar, oxirida ishtonimgacha koʻz olaytirishdi. Menga qarang, bu odobdan emas, axir. Hech qanday aloqasi boʻlmagan familiyalarni keltirib oʻtyapsiz, oʻlay agar. Nega?" – dedi Aleksandr Lukashenko.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala