Jamiyat

Xorazmda kuchli shamol va tinimsiz qor: elektr tarmoqlariga katta zarar yetdi

© Foto : Public domain Posledstviya meteli v Nyu-Yorke (Buffalo), 1977 god
Posledstviya meteli v Nyu-Yorke (Buffalo), 1977 god  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2021
"Oʻzgidromet" Qoraqalpogʻiston va Xorazm hududlariga sovuq havo oqimi kirib kelishi haqida ogohlantirgan edi
TOSHKENT, 13 mar - Sputnik. Xorazmga kuchli shamol va qor boʻroni yopirildi. Viloyatdagi koʻplab xonadonlar elektr energiyasisiz qolgan.
Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻistonda 13 mart kuni kuchli qor boʻroni yuz berdi.
Transport harakatlanishi karaxst ahvolga kelgan.
Zima - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonliklar mart oʻrtasida kutilayotgan sovuq ob-havo haqida ogohlantirildi
Avvalroq "Oʻzgidromet" Qoraqalpogʻiston va Xorazm hududlariga sovuq havo oqimi kirib kelishi haqida ogohlantirgan edi. Joylarda sahmol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishini, baʼzida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkinligini maʼlum qilgan.
"Xorazm hududiy elektr tarmoqlari" AJ matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, kuchli shamol va tinimsiz qor yogʻishi oqibatida viloyatdagi elektr tarmoqlariga ham katta zarar yetmoqda.
"Xorazm hududiy elektr tarmoqlari" AJning barcha tezkor ishchi guruhlari jalb qilinib, avariyalarni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz", — deyiladi xabarda.
Telegramdagi AviaSpotter kanalida eʼlon qilingan videolarning birida Urganch aeroporti tasvirlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala