Xorazmda kuchli shamol va tinimsiz qor: elektr tarmoqlariga katta zarar yetdi

© Foto : Public domain Posledstviya meteli v Nyu-Yorke (Buffalo), 1977 god
Posledstviya meteli v Nyu-Yorke (Buffalo), 1977 god  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2021
Obuna bo‘lish
"O‘zgidromet" Qoraqalpog‘iston va Xorazm hududlariga sovuq havo oqimi kirib kelishi haqida ogohlantirgan edi
TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Xorazmga kuchli shamol va qor bo‘roni yopirildi. Viloyatdagi ko‘plab xonadonlar elektr energiyasisiz qolgan.
Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonda 13-mart kuni kuchli qor bo‘roni yuz berdi.
Transport harakatlanishi karaxst ahvolga kelgan.
Zima - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
O‘zbekistonliklar mart o‘rtasida kutilayotgan sovuq ob-havo haqida ogohlantirildi
Avvalroq "O‘zgidromet" Qoraqalpog‘iston va Xorazm hududlariga sovuq havo oqimi kirib kelishi haqida ogohlantirgan edi. Joylarda sahmol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishini, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkinligini ma’lum qilgan.
"Xorazm hududiy elektr tarmoqlari" AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kuchli shamol va tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida viloyatdagi elektr tarmoqlariga ham katta zarar yetmoqda.
"Xorazm hududiy elektr tarmoqlari" AJning barcha tezkor ishchi guruhlari jalb qilinib, avariyalarni bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz", — deyiladi xabarda.
Telegramdagi AviaSpotter kanalida e’lon qilingan videolarning birida Urganch aeroporti tasvirlangan.
Yangiliklar lentasi
0